OILAVIY JANJAL OQIBATI

Inson hayoti muqaddas. U baxtli yashashi, farzadlarni turmush o‘rtog‘i bilan birga voyaga yetkazishi, ularning to‘ylarini ko‘rib, hayotdan o‘rnini topganidan xursand bo‘lishga haqli. Oilaviy janjal esa ta`bni xira qiladi. Oilaviy ajrimga olib keladi. Davlatimiz oilaviy janjallar, ajrimlarga qarshi kurashmoqda. Darz ketgan oilalarni saqlab qolish uchun mahalla fuqarolar yig‘inlarida yarashtirish komissiyasi faoliyatini tashkil etdi. Oilaviy kelishmovchiliklarga keng ko‘lamda kurashilayotgan bo‘lsada muammo to‘liq barham topmayapti. Aksincha mudhish jinoyat sodir bo‘layapti.

Qumqo‘rg‘on tuman Yangi qishloq mahallasida yashagan B. J. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) 2013 yil 28 noyabrda Sherobod tumani Balxiguzar mahallasida yashovchi P. X. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) bilan turmush qurdi. Ular orzu-umidlar bilan to‘y qildi. Kuyov kelinni Yangi qishloq mahallasidagi yashash uyiga olib kelib, birga yashadi. Oilada surunkali janjal avj oldi. Kelin ota-onasining uyiga ketishga odatlandi. Kuyov uni uyiga qaytarib olib kelardi. Ustiga ustak kuyovning singlisi ham yangasi bilan kelisholmay, o‘zaro janjalashardi. Kelinning onasi qizini Sherobodga uyiga olib ketdi. Kuyov va kelin birmuncha vaqt kelinning uyida yashab ustachilik qildi. 2015 yilda qiz farzandli bo‘ldi. Kuyov Rossiyaga qaynotasining yoniga borib ishladi. Xotinini ham Rossiyaga chaqirib birga yashadi. Toshkentda ishlaganda ham er-xotin birga ishladi. Har gal ularning qizi goh qaynotasi, goh singlisi qarovida qoldirilardi. Biroq janjal baxtli yashashga to‘siq bo‘ldi. Xotin bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun eridan aliment undirish uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining 2019 yil 22 iyuldagi buyrug‘ini chiqartirdi. To‘lov amalga oshmagach sud qarorining majburiy ijrosini ta`minlash bo‘yicha MIB Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atildi. Er 2019-2023 yillar davomida jami 34484930 so‘m alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganini hisoblab chiqdi. 2023 yil 18 iyulda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining qaroriga ko‘ra erga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosini qo‘lanildi. Bu chora noshud erning hulqini o‘zgartirmadi. Aksincha Ko‘za kunda emas, kunida sinadi, deyishganidek darz ketgan oila tiklanmay, oradagi sovuqchilik jinoyatga ulandi.  Xotin yangi o‘quv yili boshlangandan so‘ng  farzandining erining qishlog‘idagi maktabda o‘qigan paytdagi hujjatlarini olib, Sherobod tumanida o‘qiyotgan maktabga topshirishini maqsad qildi. Buning uchun eri bilan telefon vositasida gaplashib hujjatlarni olib ketmoqchi bo‘ldi. Er unga telefon orqali rozilik bildirdi. Xotinini aldov yo‘li bilan chaqirib, uni Yangi qishloq mahallasidagi “Ilyos O‘ktam” fermer xo‘jaligi dalasidan ijaraga olgan yerga ekilgan makkani sug‘orish bahonasida olib bordi. Makka maydonida o‘zaro suhbatlashdi, ishqiy munosabatda bo‘lishdi. Rashk tufayli oradan yana janjal chiqdi. Er bu gal xotinini qasddan o‘ldirish maqsadida uni bug‘di, qarshilik qilgan xotinining oyoq-qo‘llarini maykasi va qayishi bilan bog‘ladi, uning bo‘yniga belkurak bilan 4-5 marta urib, umriga zomin bo‘ldi. Bu qora qilmishi uchun 2024 yil 9 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi binosida 9-sonli tergov hibsxonasi bilan VKA rejimi orqali ochiq sud majlisi o‘tkazilib, qotil er 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. O‘z jufti halolining hayotiga zomin bo‘lgan er jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘taydi.

                                                                                                                                          R. NOMOZOV,

                                                                                          viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari

YOVUZ G‘OYALARGA RUJU QO‘YGAN JAZOLANDI

Yurtimizda doimo yashashda xursandchilik ko‘p. Insonlarning dunyoqarashi mavjud ijtimoiy g‘oyalar bilan rivojlanadi. Ularni kundalik faoliyatda qo‘llab  o‘zi, oilasi uchun manfaat topadi, jamiyatga ham foyda keltiradi. Boshqa davlatlarda ishlab, manfaatdor bo‘laman, shu yo‘l bilan to‘q va farovon yashayman, deb o‘ylaganlar esa o‘sha tuzumdagi ijtimoiy hayot yangiliklariga amal qilishi kerak. Bunday ishlashning salbiy tomonlari ham bor. O‘zga yurtda yot g‘oyalarga aldanib qolish holatlari mavjud.

Qumqo‘rg‘on tumani Bo‘ston mahallasida yashovchi O. B. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) 2021 yil may oyida xolasi bilan birgalikda Rossiyaning Moskva shahriga ishlagani borgan. Xolasining o‘g‘li bilan Gazel avtomashinasida yuk tashigan. Yana bir xolasining o‘g‘illari bilan ishlab Instagram saytida profil yaratgan. Ungan Turkiston islom harakati a`zolarining jihod va hijratga da`vat etuvchi nashidalarini eshitib, diniy ekstremistik g‘oyalarni profilida saqlab, tanishlari yordamida tarqatgan. Uning bu noqonuniy harakatlaridan xabar topgan xolasining o‘g‘li bu turdagi nashidalar taqiqlanganligi, qonun bo‘yicha javobgarlik borligini aytib, provildagi va telefon xotirasidagi yozuvlarni o‘chirishni so‘ragan. O. B. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) qarindoshining aytganini bajargan bo‘lib faqat telefon xotirasidagi nashidalarni o‘chirgan. Instagram ijtimoiy tarmog‘idagilarni o‘chirmagan. 2022 yil 29 mayda Moskva-Toshkent aviareysida uyiga kelgan. Shu yili 2 iyulda ota-onasining taklifiga ko‘ra Misr Arab Respublikasiga ta`lim o‘rganish maqsadida ketgan. U yerda dastlab otasining tanishining do‘sti Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan “Bahrom Qori” ismli shaxsning uyiga qatnab arab tili va alifbosini o‘rgangan. Hujrada yana 10 nafar 10-16 yoshli O‘zbekistondan borgan bolalar tahsil olgan. “Bahrom Qori” haj safariga ketgandan so‘ng O. B. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) 2023 yil fevral oyigacha Qohira shahri 9-rayon deb atalgan joydagi “Axram” nomli o‘quv markazida ta`lim olgan. 2023 yil yanvar oyida Misrdagi “Al-Azhar” Islom Universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining yo‘llanmasiga asosan intihon topshirgan. Fevral oyida shu universitetga o‘qishga kirganligi ma`lum bo‘lgan. Shundan so‘ng Qohira shahri 8-rayon Kavsar ko‘chasi 17-uyda Denov tumanidan borgan qarindoshi va yana ikki nafar shaxslar bilan birga yashagan. 24 sentabrda Qohira-Toshkent aviyareysi bilan ota-onasini sog‘inganligi va uylanish uchun uyiga kelgan. 27 sentabrda Muzrabot tumanida yurganda IIB xodimlari tomonidan ushlangan. IIB xodimlari telefon apparatidagi Instagram ijtimoiy tarmog‘ini tekshirganda profilning bosh sahifasiga arab yozivlari yozilgan qora bayroq atributi qoyilganligi va ko‘plab videolar joylashtirilganligini aniqlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023 yil 5 oktabrdagi № IV-268-sonli xulosasiga ko‘ra, aniqlangan ma`lumotlar O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan “O‘zbekiston islom harakati – O‘IH (Turkiston islom harakati – TIH)” terroristik, “Tavhid va jihod katibasi” ekstremistik, terroristik tashkilotlatga taalluqliligi, “Iroq va Shom islom davlari – ISHID (Islom davlati – ID) terroristik tashkilotning ramziy belgisi surati qo‘yilganligi, aqidaparastlik g‘oyalari mavjudligi, yurtimizda an`anaviy bo‘lgan hanafiylik mazhabi, moturidiylik aqidasiga zid, aholi orasida ixtiloflarning sodir etilishiga olib kelayotgani bois Vatanimizga olib kirish, tayyorlash, tarqatish taqiqlanganligi ma`lum bo‘ldi.

Bu jinoyat ishi 2024 yil 8 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi. Barcha dalillar, sudlanuvchi va uning otasining, guvohning ko‘rsatuvlari, prokuror va himoyachining muzokara nutqlari asosida ayibdorga jazo tayinlandi. Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” Islom Universiteti birinchi bosqich talabasi 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

                                                                                                                                              SH. AKRAMOV,

                                                                                                                  Qumqo‘rg‘on tumani prokurori   

         TOVLAMACHI JAZOSINI OLDI

Zamonaviy uyali telefon qurilmasi odamlarning uzoq masofada bo‘lsa ham o‘zaro suhbatlashishi uchun qulay vosita. Bu mo‘jazgina apparatni to‘g‘ri maqsadlarda ishlatgan odamlar xursand yashayapti. Ask holda tovlamachilik, o‘zgalar mulkini aldov usulida qo‘lga kiritishga uringanlar esa yuzi shuvut bo‘lib qolmoqda. Sariosiyo tumani A. Navoiy mahallasida yashovchi P. N. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) tovlamachilikni o‘ziga ravo ko‘rdi. U 2023 yil noyabr oyida telegram chati vositasida Angor tumani Zang Gilambob mahallasida yashovchi qiz E. T. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) bilan tanishdi. Ular bir yildan ziyod vaqt davomida telegram va telefon vositasida suhbatlashib, o‘zaro ishqiy munosabatda bo‘lishdi. Avvaliga qiz yigitning telefoniga qo‘ng‘iroq qilib,15 ta rasmini tashladi. Yigit shu rasmlarni qo‘shiqqa montaj qilib, qizga telefondan yubordi. Qiz ham bunday munosabatga befarq bo‘lmadi. Yigit qizdan uylanish uchun qiz topib berishini so‘radi. Ular Angor tumanida uchrashishga kelishdi. Qiz amaki opasi bilan uchrashuvga chiqdi. Yigitga amaki opasiga uylanishni taklif qilgandi, unga yoqmadi. Shunda yigit qizning o‘ziga uylanishini aytdi. Ular birmuncha vaqt telefon yordamida gaplashishdi. 2023 yil dekabr oyida qiz uyiga sovchilar kelayotganligi, boshqa birovga turmushga berishmoqchi ekanligini aytdi. Yigit meni kutsang senga uylanaman, kutolmasang turmushga chiqib ketaver, deb javob berdi. Ikkalasi o‘zaro tortishib qoldi. 2024 yil 3 yanvarda yigitning tug‘ilgan kuni bo‘lganligi sababli pulga zaruriyat sezdi. Shuning uchun 1 yanvar kuni tovlamachilikka qo‘l urdi. Qizga telegram yuborib menga 1500000 so‘m pul bermasang rasmlaringni fotoshop qilib barcha ijtimoiy tarmoqlarga tarqataman, deb qo‘rqitdi. Agar pulni bersa rasmlarni o‘chirishga va`da berdi. Pulni 3 yanvar kuni Qumqo‘rg‘on tumani Besh qahramon mahallasidagi temir yo‘l bekatiga olib kelishni tushuntirdi.

Angor tumani IIB TQX XQB xodimlari qizning qiyinchiliklariga barham berdi. Qiz ariza yozib murofaat qilgani uchun tezkor tadbirni amalga oshirishdi. Qumqo‘rg‘on temir yo‘l vokzali yonidagi avtomobillar turargohida yigit pulni olib cho‘ntagiga solgan vaqtida qo‘lga tushirildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi 2024 yil 7 martda ochiq sud majlisida bu jinoyat ishini ko‘rib, tovlamachini aybdor deb topdi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasini qo‘llab tovlamachini 1 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi.

                                                                                                                                           B. TAGAYEV,

                                                                               Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi raisi

    KREDIT PULLARNI JIG‘ILDONIGA URDI

Mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlaydigan shaxs qizg‘in tanlov, ishonch bilan saylab olingan edi. U mahalla faoliyatidagi ishlarni taraqqiy ettirishi, qambag‘allikni qisqartirishi, tadbirkorlikni rivojlantirishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi, ishsizlikni kamaytirishi va boshqa dolzarb vazifalarni amalga oshirishi kerak edi.

1989 yil 14 oktabrda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, G‘alaba mahallasida yashab kelgan E. G. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) To‘da mahallasiga orzu-umidlar bilan hokim yordamchisi lavozimga qo‘yilgandi. U bu mahallada hokim yordamchisi lavozinida ishlab o‘z mavqedan g‘araz maqsadlarda foydalandi. Mahalladagi fuqarolarning mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-taroj qildi. Hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan vaqtda 2023 yil 29 mart kuni o‘zi ta`sischiligida asosiy faoliyat yo‘nalishi savdo va ta`minotchilikdan iborat “Volunteer Team” MCHJni tashkil etdi. Ta`minotchi sifatida fuqarolar nomiga chiqarilgan kredit mablag‘lari evaziga go‘yo issiqxona qurish bilan shug‘ullandi. Mehnat mavqeni suiiste`mol qilgan holga To‘da mahallasi fuqarolari A. B. va J. D. (ismlar, familiyalar o‘zgartirildi) nomlariga AT Xalqbanki Qumqo‘rg‘on filialidan 2022 yil 20 dekabrda  66000000 so‘m kreditni o‘zi ta`sis etgan ta`minotchi hisob raqamiga o‘tkazdi. Bu mablag‘ni fuqarolarga issiqxona qurishga sarflamay talon-taroj qildi. Firibgar jinoiy harakatlarini davom ettirib 2023 yil 1 matrda To‘da mahallasida yashovchi fuqarolar K. U va Y. B. hamda V. R. larni (ismlar, familiyalar o‘zgartirildi) ham aldab shu bankdan hujjatlarni rasmiylashtirib 99000000 so‘m kreditni ma`suliyati cheklangan jamiyat hisob raqamiga o‘tkazib, jig‘ildoniga urdi. Bu hokim yordamchisi nafs balosiga yo‘liqib o‘z faoliyatini noto‘g‘ri tashkil etishdan tiyilmadi. Aksincha, o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, deb aytishganidek 2023 yil 26 iyunda birato‘la to‘rt nafar fuqaroni aldadi. Bu safar To‘da mahallasida yashovchilar uning nafsi domiga tushdi. Ularning har biriga 33000000 so‘mdan, jami 132000000 so‘m kredit mablag‘larini bankdan o‘ziga tegishli hisob raqamiga o‘tkazib oldi. Ularga issiqxona qurib bermasdan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirdi. Bundan tashqari, qallob mahalla faoli o‘ziga ishonib topshirilgan mahalladagi 4 nafar fuqaroni mehnat muhojiri sifatida e`tirof etib, ariza anketalariga soxta ma`lumotlarni takroran yuklab, hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan talabgorlarni bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi zaklat puli to‘lashidan ozod etishga erishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi 2024 yil 1 fevralda o‘z binosida 9-sonli tergov hibsxonasi bilan VKS rejimida ochiq sud majlisini o‘tkazib, shu jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, sudlanuvchining aybiga iqrorligi, dalillar asosida prokuror va himoyachining muzokara nutqlari asosida jinoyat ishini fosh etdi. Sud hukm chiqarib aybdor hokim yordamchisinining ish haqining 20 foizini davlat daromadiga uchlagan holda ma`lum muddatga axloq tuzatish ishlari jazosini belgiladi. Jazo ijrosini nazorat qilish Qumqo‘rg‘on tuman IIB Probatsiya guruhi mutasaddilari zimmasiga yuklatildi.

                                                                                                                                             Z. JURAYEV,

                                                      Jiniyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi devonxona mudiri