AVTOMASHINANI MAST HOLDABOSHQARGAN JAZOLANDI

Avtomobil haydovcbilariga avtomashinani boshqarayotganda spirtli ichimlik iste`mol qilmagan holda bo‘lishi zarurligi kundek ravshan. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari avtomobil yo‘llarida bu holatning bajarilishini nazorat qilmoqda. Shunga qaramasdan yo‘llarda belgilangan tartibga rioya qilmaslik holatlari sodir bo‘layapti. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi 2024 yil 27 fevralda o‘z binosida ochiq sud majlisi o‘tkazib, shunday huquqbuzarlikka oid ma`muriy ishni ko‘rib chiqdi. Termiz tumanida tug‘ilib, Qumqo‘rg‘on tumani Jiydali mahallasida yashovchi B. K. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) ning noto‘g‘ri harakati sudda muhokamaga sabab bo‘ldi. U transportni boshqarish huquqi bo‘lmasdan shu yil 25 fevralda soat 17. 20. larda Qumqo‘rg‘on tumani hududida “Muraviy” rusumli, davlat raqami yo‘q yuk avtomashinasini mast holda boshqargan. YOXXB bo‘limi xodimlari avtotransportni to‘xtattirib, tekshirgach, fuqaroga nisbatan hujjatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirgan. Sud ma`muriy ishni ko‘rib chiqib, qaror qildi. Shunga asosan huquqbuzarga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinladi. Jazoni ijro etish Qumqo‘rg‘on tuman IIB va Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB maxsus qabulxonasiga yuklatildi.

   SPIRTLI ICHIMLIK ICHGAN HAYDOVCHI QAMALDI

Qumqo‘rg‘on tuman Guliston mahallasida yashovchi E. U. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) 2024 yil 20 fevralda soat 20.40 larda avtotarnsportni boshqarish huquqi bo‘lmasdan “Lasetti” rusumli avtomobilni mast holda haydagan. U avtomashinani Qumqo‘rg‘on tumanida boshqarib borayotganda YOXXB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Mastlik holatini aniqlash uchun ko‘rikdan o‘tishga taklif qilinganda bosh tortgan. Boshqarish huquqi bo‘lmagan holda transportni boshqarganligini tan olgan. Xodimlar tomonidan ma`muriy bayonnoma tuzilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi 2024 yil 27 fevraldagi ochiq sud majlisida bu huquqbuzarlikka oid ma`muriy ishni hal etdi. Avtotransportni mast holda, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan boshqargan fuqaroga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosini tayinladi. Qarorni ijro qilish Qumqo‘rg‘on tuman IIB va Surxondaryo viloyat IIB PPX va JTSB maxsus qabulxonasiga yuklatildi.

                                                                                                 Davron CHORIYEV,

  Qumqo‘rg‘on tuman MXMKGB inspektori, katta serjant