O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING “BOJXONA ORGANLARI XODIMLARINI XIZMAT MAJBURIYATLARINI BAJARISH CHOG‘IDA HALOK BO‘LGAN YOKI OLGAN JAROHATI TUFAYLI NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXS DEB TOPISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”GI QARORNI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB TOPISH TO‘G‘RISIDA BUYRUG‘I

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 2-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3378-1]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 22-iyuldagi 13/02-22-24-son “Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3378, 2022-yil 11-avgust) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 10/22/3378/0735-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.

3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi DXM yetakchi mutaxassisi Imomov Jo‘rabek