Temir yo‘lda baxtsiz hodisalarning oldini olish

 Prezidentimizning «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash, transport va turizim obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etish, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish maqsaqlari ifodalangan qarorlari amalga oshirilmoqda.

Bu hujjatlarni izchil bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A. Ramatov, Transportda Xavfsizlikni ta`minlash Bosh Boshqarmasi boshlig‘i va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi tomonidan tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, temiryo‘l tizimlariga yetkazildi. Yuqori tezlikda harakatlanishda temir yo‘l uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash, temir yo‘l infratuzilmalarida xavfsizlikni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning  barvaqt oldini olish maqsadida joylardagi  Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari va Mintaqaviy temir yo‘l uzellari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar rejalari tuzilib, amalga oshirilmoqda. Bunda asosan Sho‘rchi va Denov tumanlarining mahallaridan kesib o‘tuvchi temir yo‘l izlarining yaqinida joylashgan mahallarda va maktablarda davra suhbati o‘tkazildi. Temir yo‘l izlari yaqinida joylashgan xonadonlarga kirib temir yo‘l izlariga toshlar va har xil jismlarni qo‘ymaslik, temir yo‘l yaqinida chorva mollarini boqmaslik, shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari oynalariga toshlar otmaslik, temir yo‘l jihozlariga shikast yetkazmaslik, fuqarorlar tomonidan temir yo‘l jihozlarini talon-taroj qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida tushintirish ishlari olib borildi. Eslatmalar tarqatildi. Shunga qaramasdan afsuski voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari va yoshi katta fuqarolarning temir yo‘l izlarida quloqlariga quloqchin taqib, telefon o‘ynab baxtsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymoqda. Ushbu holatlarning va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tegishli profilaktik ishlar olib borilib, ommaviy axborot vositalarida keng miqyosda tushuntirilayapti.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV, Surxondaryo viloyati IIB va Transport va Turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining tegishli ko‘rsatmalariga asosan joriy yilning 25 fevral kunidan 25 mart kuniga qadar «Xavfsiz-hudud» tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazilayapti. Bu tadbirlardan fuqarolar, voyaga yetmagan yoshlar va temir yo‘l ishchi xodimlari tomonidan baxtsiz hodisalarning oldinish olish va profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish asosiy maqsad qilinib, belgilangan tadbirlar amalga oshirilayapti.

                                        Usmon ABDUMURODOV,Transport va Turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Surxondaryo viloyati Transportda xavsizlikni ta’minlash boshqarmasi Denov bekatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi XPG katta inspektori, kapitan