Eslatib o‘tamiz

 2020-2030-yillarda mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasida 2022-yildan boshlab kunning vaqti, ish kunlari va dam olish kunlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan elektr energiyasi tariflarini joriy etish belgilangan edi. Ammo bu reja hayotga tatbiq etilmadi.

Ijtimoiy norma — ko‘pmi yoki ozmi?

2022-yilda O‘zbekistonda jami 7,3 million elektr energiyasi abonenti borligi, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 80 foizi oyiga o‘rtacha 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilishi ma’lum qilingan edi. Vaholanki, bu uy xo‘jaliklari aholi tomonidan iste’mol qilinadigan umumiy elektr energiyasining atigi 31 foizini (5,7 milliard kVt/soat) tashkil etadi.

4 million gaz abonentining 85 foizi oyiga o‘rtacha 500 kub metrgacha gaz iste’mol qiladi. Ular aholi umumiy iste’molining 35 foizini (4,5 milliard kub metr) tashkil etadi, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy sug‘urta agentligi avvalroq tariflarning oshishi munosabati bilan 1,5 millionga yaqin muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatilishini aytgan edi. Kambag‘allik chegarasi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish, isitish mavsumida 270 ming so‘mdan bir martalik to‘lov va kompensatsiyalar to‘lash ko‘zda tutilgan.

Bundan avval O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz narxlari 2019-yil avgust oyida oshgan edi. Tariflarni liberallashtirish bir necha bor ortga surilgandi.

                                                                        X. Qulmatova,

Qumqo‘g‘on tumani Adliya bo‘limi FHDYO bo‘limi I toifali inspektori