Ijarada turuvchi ayrim xotin-qizlarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, uy-joyga muhtoj, jumladan xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi «Ayollar daftari» jamg‘armasi hamda joylardagi hokimliklarning mahalliy byudjetlari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Mengliqulov Sayfiddin.

Mopedni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.

Mopedni boshqarish uchun A toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talab etiladi.

Mopedni boshqarishga 16 yoshdan ruxsat etiladi.

 Mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yo‘lovchilar maxsus motoshlem taqishlari shart.

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Xursandov Olim.

Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga subsidiya beriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun — 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilangan.

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Mamatov Faxriddin.

Energiyani behuda sarflash javobgarlikga sabab bo‘ladi.

Qonunchilikka ko‘ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 5 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi bosh mutahassisi Xudayqulova  Dilorom.

Merosni beor qilsa bo‘ladimi

Qonunchilikka muvofiq, Vasiyat qiluvchi qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishga haqli. Qonun bo‘yicha merosxo‘rni merosdan mahrum etish, agar vasiyatnomadan boshqa hol kelib chiqmasa, bu vasiyat qiluvchining taqdim etish huquqi bo‘yicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va o‘zgartirish borasida erkin bo‘lib, bunda bekor qilish yoki o‘zgartirish sabablarini ko‘rsatishga majbur emas.

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i      Sultanov  Rashid