MUBORAK RAMAZON OYI QUTLUG‘ KELDI

Tumanda musulmonlarning din va vijdon erkinligini ta`minlash, Islom dini amallarini bajarish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Aholining yashash manzillarida masjidlar qurilib, fuqarolar namozlarni o‘qiyapti. Haj va Umra safarlariga borib-kelish uchun qulayliklar va imkoniyatlar oshirildi. Xohlovchlar arizasiga asosan muborak Makka, Madina, Kabatulloh kabi muqaddas joylarga ziyorat qilib kelmoqda.

Musulmonlar muborak Ramazon oyida bir oy ro‘za tutishi qizg‘in tayyorgarlik asosida o‘tkazildi. Bunda fuqarolarni qulay sharoitlar bilan ta`minlash uchun tozalik-ozodalik ishlari bajarildi. Elektr energiyasi ta`minoti yaxshilandi. Osoyishtalikni saqlash maqsadida kerakli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Tumandagi 12 ta masjidda: Shoh Mashrab, Xuja Mirsaid, Abu Bakr Siddiq, Boymoqli, Mamatmurod bobo, Muxtorxon xoji, Mulla Xudoyberdi, Axadxon, Domla Tilov Qobil, Umari Odil, Shayx Imom A`zam, Islom ota masjidlarida iftorlikdan keyin kech soat 20.00 dan 23.00 gacha taroveh namozlari o‘qildi. 6 ta masjidda Xatmi Qur`on, ya`ni Islom dinidagi muqaddas kitob Qur`on quroat qilindi. Xatmi Qur`on tadbirlari Shoh Mashrab, Islom ota, Xuja Mirsaid, Boymoqli, Abu Bakr Siddiq, Umari Odil masjidlarida amalga oshirildi. Bu masjidlarda tumanimizdagi qorilar Axmadjon Zayniyev, Hikmatullo Mamarajapov, Shaxobiddin Saodatov bilan bir vaqtda Sariosiyo tumanidan Diyorbek Ibodullayev, Sho‘rchi tumanidan Alisher Madatov, Boysun tumanidan Muhammadali Xasanov, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridan Muhammadislom Axmadaliyev va Otabek Xasanov kelib Xatmi Qur`on amallarini bajardi. Tumanda Ro‘za oyi tinch, osoyishta, xursandchilik bilan o‘tkazildi.

                                                                                                                     N. MUHAMMADIYEV