MEVALI BOG‘LAR ZARARKUNANDALARIGA QARSHI “DOLZARB O‘N BESH KUNLIK”

O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining   buyrug‘iga asosan 2024 yil 4-martdan 22-martga qadar “Dolzarb o‘n besh kunlik” e`lon qilingan. Bu tuman hududida mavjud mevali bog‘larga jiddiy zarar yetkazadigan zararli organizmlarga uyg‘unlashgan qarshi kurash tizimi (IPM) bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma flayerlarni hamda Agroko‘makchi mobil ilovasi bilan ishlashni keng jamoatchilikka yetkazildi.

Mavjud mevali bog‘larga  jiddiy zarar yetkazib, mavsumda hosildorlikni keskin kamayishiga hamda daraxtlarning qurib qolishiga sabab bo‘ladigan xavfli zararli organizmlarga qarshi ishlarini olib borish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Respublika bo‘yicha mavjud mevali bog‘larni 2024-yil mavsumida zararli organizmlardan himoya qilish uchun fitosanitar dala nazoratini tashkillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari  hamda aholiga tegishli  mevali bog‘larni to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

xatlov natijalariga asosan doimiy monitoring va fitosanitar dala nazorati tadbirlarini amalga oshirish;

Respublikaga oxirgi 5 yil davomida import qilib olib kelingan mevali daraxtlarning fermer xo‘jaliklari kesimida ro‘yxatini shakllantirish;

ro‘yxatga asosan kasalliklarni aniqlash maqsadida kuzatuv monitoring ishlarini olib borish;

karantin va boshqa xavfli zararkunandalar  tarqalgan “o‘choq” maydonlarni aniqlash;

aniqlangan zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

bog‘larda karantin obyektlari aniqlangan taqdirda taqdimnomalar kiritish hamda “hududda karantin holati”ni e`lon qilish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinishini tashkil etish rejalashtirilgan.

Joylarda dehqon xo‘jaliklarida, tomorqalarda, mevali bog‘larda, issiqxonalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga katta zarar yetkazuvchi zararli organizmlarga uyg‘unlashgan qarshi kurash tizimi (IPM) bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma FLAERLARNI va AGROKO‘MAKCHI mobil ilovasi bilan ishlash bo‘yicha tushuncha hamda mevali bog‘larda qishlovdagi zararkunandalar (mevaxo‘rlar, qon biti, qalqondorlar, unsimon qurtlar, komstok qurti, kuyalar, kanalar) va kasalliklarga (kalmaraz, monilioz, un shudring, klyasterosporioz) qarshi kurash ishlari olib borilishi to‘g‘risida tushunchalar berilmoqda. Bunda agrotexnik va kimyoviy kurash tadbirlari amalga oshirilib,  karantin va boshqa xavfli zararkunandalar tarqalgan “o‘choq” maydonlarini aniqlash, urug‘ meva daraxtlar – olma, nok va behilarni qurigan shox-shabbalar, nobud bo‘lgan po‘stloqlar va zararkunanda qoldiqlaridan tozalash; zararkunandalarning qishlab chiqish davrida harorat +7 C ga yetgan neft moyli asosli preparatlar yoki uning analoglari bilan profilaktik kurash ishlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Surxondaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari