PROKUROR VA TADBIRKORLAR QABULI

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi katta majlislar zalida “Prokuror va tadbirkorlar qabuli” tashkil etildi. Viloyat purokurorining o‘rinbosari Xolmat Kulliyev tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning murojaatlarini tinglab, hal etish choralarini belgiladi. Qabul jaroyonida tuman hokimi o‘rinbosari, tuman prokurori, banklarning boshqaruvchilari, davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tadbirkorlik subyektlarini ochib, ish faoliyatida qiyinchiliklarga duch kelayotgan fuqarolar qatnashdi. Viloyat prokurorining o‘rinbosari tadbirkorlar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning arzlarini eshitdi. Murojaatlarda aytilgan masalalarni hal qilish muddatlarini qat`iy belgilab, tegishli tashkilotlarga bajarilishi zarur topshiriqlarni berdi.

EKSPORT VA IMPORT ISHLARI MUHOKAMASI

Tuman prokurori SH. Akramov prokuror va tadbirkorlar qabuli jarayonida tumanda eksport va import ishlari bilan shug‘illanayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Har bir tadbirkor bilan alohida suhbatlashib, ularning faoliyatida duch kelayotgan muammolari haqidagi gaplarini tingladi. Qarzlarni undirish yo‘llarini muhokama qildi. Tadbirkorlarga eksport va import ishlarida yuzaga kelgan qarzlarni to‘lash bo‘yicha qat`iy topshiriqlarni aytdi.

        XAYRIYA MAHSULOTLARI TARQATILDI

Do‘st boshga ish tushganda bilinadi, deb to‘g‘ri aytishgan. Buni Qumqo‘rg‘on tumanida sel-suv toshqinidan aziyat chekkan fuqarolar boshidan o‘tkazayapti. Qiyin damlarda nafaqat tumandagi, balki viloyatning barcha shahar va tumanlaridan yordamga intilgan vohadoshlarning mehrini dildan his etishayapti. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi sel-suv toshqinidan talofat ko‘rganlar uchun oziq-ovqatlar, dori-darmonlarni olib kelib topshirdi. Maktablar va maktabgacha ta`lim tashkilotlariga o‘quv qurollarini yetkazib berdi.

                N. MUHAMMADIYEV