INTERNET XIZMATI RIVOJLANMOQDA

Insonlarning faolligini, natijadorligini oshirishni, salomatligini muhofaza qilishni, tinchlikni saqlashni zamonaviy internet xizmatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Odamlarning axborotga bo‘lgan ehtiyoji oshib, internet xizmatidan foydalanayotganlar o‘zlari uchun qulay sharoitda yangiliklar, ma`lumotlar va bilimlardan bahramand bo‘lmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanida tashkilotlar, muassasalar va aholiga internet xizmati ko‘rsatishda muayyan natijalarga erishilayapti. O‘ztelekom Surxondaryo filiali Qumqo‘rg‘on telekommunikatsiya bog‘lanmasi xodimlari ijtimoiy obyektlar va aholiga yuqori tezlikdagi optik tolali internet xizmatlarini yetkazib berayapti. Buning uchun zamonaviy stansiya o‘rnatilib, sifatli va bilimdon mutaxassislar mehnat qilayapti. Keyingi paytda kadrlar yoshlar hisobiga to‘ldirildi. Ular ikki xil usulda: yer osti va yer usti tarmoqlari orqali internet xizmati ko‘rsatayapti.

Qumqo‘rg‘on telekommunikatsiya bog‘lanmasi xodimlari hozir 6000 nafar aholi, 530 ta tashkilotlar, maktablar, qishloq vrachlik punktlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta`minlayapti. 2024 yilgi rejada 268 kilometr optik tolali kabellar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu rejadagi ishlar amalga oshirilayapti.

                                                                                                                            Anvarali XUDOYNAZAROV,

O‘ztelekom Surxondaryo filiali Qumqo‘rg‘on telekommunikatsiya bog‘lanmasi boshlig‘i, tuman Kengashi deputati