Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasini tayinlash tartibi qanday belgilangan hamda shu boradagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumot bersangiz ?.

 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 110-sonli  “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

     Mazkur qonunchilikdagi o’zgarishga ko’ra; 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga;

ikkinchi farzandi uchun — farzand tugʻilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi.

Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida murojaat talabisiz tayinlanadi.

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etilganida tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnoma “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga yuboriladi.

Ma’lumotnomani kim ko‘rib chiqadi va qaror qanday qabul qilinadi?

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali nafaqa avtomatik tarzda tayinlanadi va natijasi boʻyicha nafaqa oluvchiga SMS xabar yuboriladi.

O‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qaroriga 4-ilova — “Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti”ga kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda     bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi (hozirda 738 150 so‘m)ga teng.

Nafaqa to‘lovlari qachon va qayerda amalga oshiriladi?

Bola tugʻilishi FHDY da qayd etilganidan soʻng nafaqa oluvchining AT “Xalq banki”ga murojaati asosida nafaqa naqd shaklida yoki plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.

Oltinsoy tumani Adliya bo’limi

FHDY bo’limi 1 toifali inspektori             Xusanova Bibisora Jurayevna