Fuqarolik huquq va burchlari qanday asoslarda vujudga keladi?

Javob:- Fuqarolik huquq va burchlari qonun xujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan bulmasa–da lekin fuqarolik qonun xujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga kura fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan xarakatlardan vujudga keladi. Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:

• qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bulmasada, lekin unga zid bulmagan shartnomalar va boshka bitimlardan.

• qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari xujjatlaridan;

• Sudlarning fuqarolik huquq va burchlarning belgilagan qaroridan:

• qonun yo’l qo’yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;

• Fan, adabiyot, sanat asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;

• Boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida 

• Fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida

• Asosiz boyib ketish natijasida  

Denov tumani adliya bo‘limi 2-son FHDYo bo‘limi mudirasi D.Samatova