Mamlakatimizda inson qadriga yo‘naltirilgan islohotlar jadal tus olgan

Joriy yil boshidan boshlab tumandagi Guliston, Umid nihollari, Arslonboyli, To‘da va Azlarsoy mahallalarida aholini qiynab kelayotgan ichimlik suv ta`minotini yaxshilash, ichki ko‘chalarni toshlash va ta`mirlash, obodonlashtirish masalalari bilan bog‘liq muammolarini ijobiy hal etish maqsadida bevosita fuqarolarning o‘zlari bilan hamkorlikda, tumandagi mas`ul korxona-tashkilotlarni jalb etgan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, qurilish, ta`mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan doimo barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha ishni mahallalarda tashkil etishi, muammolarni o‘rganib, ularga yechim topishi zarurligini ta`kidlab kelmoqda. Shu bilan birga mahalla idorasining vakolatini kengaytirish, rais va xodimlarning moddiy ta`minotini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilgan edi. Shu bois Muhtaram yurtboshimizning 2023 yilning 21 dekabr kunidagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209 sonli Farmonini  qabul qildi. Farmonda mahallaning xalq bilan davlat o‘rtasidagi «ko‘prik» vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga ko‘maklashish, mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini ta`minlash, har bir fuqaro o‘zi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini ta`minlashda mas`uliyatni sezishi, boqimandalikka o‘rganmaslik hissini yanada kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, fuqarolarni o‘z uyi va ko‘chasini ozoda saqlashga, milliy qadriyat va urf-odatlarni hurmat qilishga chaqirish, ma`naviy va ma`rifiy ishlarda mahallaning o‘rnini kuchaytirish, aholi o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash choralarini ko‘rish, «mahalla yettiligi» tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun safarbar etishda ko‘maklashish, mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa`y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan budjet mablag‘lari va boshqa mablag‘larning maqsadli va manzilli yo‘naltirilishini ta`minlash, mahallalarning moddiy-texnika ta`minotini yaxshilash, ularga ajratiladigan mablag‘larni markazlashgan tarzda taqsimlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabi asosiy vazifalari belgilab berildi.

                                      E. MAMATQULOV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi