Muqaddas ayol

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e`zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki ayollarimiz bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Hammamiz orziqib kutgan go‘zal bahorning ilk kunlarida, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kunida tumanimizda  aziz ayollarimiz uchun bayram tuhfalari boshlandi. Qumqo‘rg‘on tumanida  bo‘lib o‘tgan bayram dasturlarida ham ayollarimizga e`tibor, ehtirom ko‘rsatilmoqda. Bayramda tuman hokimi A. Normamatov  so‘zga chiqib, bugungi kunda tumanimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan maqsad va vazifalarga erishishda ayollarimizning beqiyos hissasi bor ekanligini, buning uchun nozik xilqat egalari, ayollariizga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi deya ta’kidladi. Bayram dasturida o‘zining onalik mehri, hayotiy bilim va tajribasi bilan farzandlarimizni turli xavf-xatarlardan asrashda, ularni mustahkam irodali, ma`naviy-intellektual jihatdan yetuk, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashda, ishda, jamoatchilik bilan faoliyat yuritishda namuna bo‘layotgan bir guruh ayollarimizga tuman hokimligi  tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari  topshirildi. Shuningdek bayram dasturxoni yozilib, iste`dodli xonandalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar  ijro etildi.

 Rayhon MENGZIYAYEVA