O‘quv seminar tashkil etildi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishining 50-sonli bayoni 4-bandida “Surxondaryo tajribasi” misolida Ma’naviyat sektorini tashkil etish topshirig‘i berilgan.

Shuningdek, viloyat hokimining 2024-yil 9-yanvarda “Viloyatning ijtimoiy-ma’naviy muhiti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori” nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 8-8-0-Q/24-sonli, 2024-yil 24-fevralda “Viloyatning ijtimoiy-ma’naviy muhiti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori” tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash hamda uning faoliyati samaradorligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 156-8-0-Q/24- sonli hamda tuman hokimining 2024-yil 11-martdagi 84-8-114-Q/24-sonli Qarorlari qabul qilindi.

Yuqoridagi belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan Siz rahbarlik qilayotgan hududdagi ta’lim muassasalari, mahalla, tashkilotlarda Ma’naviyat sektori faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish maqsadida Qumqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 2-son umumta`lim maktabida o‘quv-seminar tashkil etildi. Ushbu o‘quv seminarida Termiz Pedagogika instituti kafedra mudiri, siyosiy fanlar nomzodi H. Rasulov, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari Sh.Mamadiyev, 2-son umumta`lim maktabi direktori S. Saidov, umumta`lim maktabining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, Maktabgacha ta`lim tashkiloti metodislari, OAV qatnashdilar. 

Mazkur o‘quv-seminarida ma`ruzachilar tomonidan tinglovchilarga yetarlicha ma`lumotlar berildi. Shundan so‘ng 2-son umumta`lim maktabida 5-sektor Ma’naviyat sektor faoliyati hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tashkil qilingan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdilar.

                                                    O‘z muxbirimiz