MAHALLA YETTILIGI ISHTIROKIDASEMINAR TASHKIL ETILDI

Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda tuman hokimi A. Normamatov, viloyat hokimining o‘rinbosari I. Saparov, tuman tashkilotlari va 61 ta mahalla yettiligi ishtirok etdi.

Seminarda «Yangiyer» mahallasi yettiligi tomonidan uyma-uy yurish, aholi va yoshlar bandligini ta`minlash, patronaj xizmati, soliq tushumlarini bajarilishi, jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatish, mahallada obodonlashtirish ishlarini olib borish, «Xonadonbay», «Ko‘chabay», «Mahallabay» tamoyili asosida qilingan ishlari ko‘zdan kechirildi.