Yo‘lda ketayotganda ziyrak bo‘l! Shoshma! 

Xalqimizda yuzda yurma yuzga kir degan naql bejizga aytilmagan. Yo‘lda ketayotganning ham, yo‘lovchining ham uyida oilasi kutmoqda. Tumandagi “Arslonboyli” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida tumanning “Boymoqli” mahallasida yashovchi  R.T (ism familyasi o‘zgartirilgan) ning boshqaruvidagi  mashina bilan qarama-qarshi yo‘lga, ya’ni “Arslonboyli” mahallasida yashovchi K.F (ism familyasi o‘zgartirilgan)ning boshqaruvidagi avtomobilining harakat bo‘lagiga chiqib ketishi oqibaqtida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada R.T boshqaruvidagi avtomobilda yo‘lovchi sifatida kelayotgan  voyaga yetmagan 01.11.2022 yilda tug‘ilgan  L.S hamda  K.F boshqaruvidagi avtomoshinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan  V.I lar olgan tan jarohatlari tufayli, ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramasdan  shifoxonada vafot etishgan. Qolgan yo‘lovchilar ham olgan og‘ir tan jarohatlari olib  tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishgan. R.T ga O‘zbekiston Respublikasi JK ning 266-moddasi 3-qismi  «a» bandi bilan 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini  boshqarish  huquqidan mahrum qilinib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

                                            Sh. Akramov,

                                        tuman prokurori

    Mastlik bahona emas

Oila muqaddas dargoh. Ushbu dargohda Sizni ota-onangiz, mushtipar ayolingiz, jajji farzandlaringiz kutishadi. M.T (ism familyasi o‘zgartirilgan) do‘stlari bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mashinadan tog‘asining uyi oldida tushib qoladi. O‘sha vaqtda soat tungi 24:00ni ko‘rsatadi. Hovliga kirib chaqirganida hech kim chiqmaydi. Yangasining uyida emasligini bilib, deraza oynasini sindiradi. Xona ichiga kirib devorda osilgan televizorni oladi, shu vaqtda orqa tomonida telefon qutisiga solingan 200 $ AQSH dollari ham yerga tushadi. Olgan narsalarini ko‘ratib dalaga tomon ketadi. Ertalab turib qarasa yonida bir dona Artel televizori  turganligini, karobkadagi  200 $ AQSH dollari qayerga tushib qolganligini eslay olmasligini aytadi. Televizorni yangasiga qaytarib berganligini qilgan ishidan pushaymonda ekanini bildirib suddan yengillik berishini so‘radi. So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman deb bejizga aytishmagan. Jinoyat albatta jazosiz qolmaydi. Qonun doirasida Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan shu Kodeksning 57-moddasiga qo‘llanib 3 (uch) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

                K. To‘raqulov,

Qumqo‘rg‘on tumani prokurorining yordamchisi

Ehtiyotsizlikning ayanchli  oqibati

Jinoyat ishlari bo‘yicha  Qumqo‘rg‘on sudi binosida  ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. K.E (ism – familiyasi o‘zgartirilgan) boshqaruvida bo‘lgan  Damas rusumli avtomashinasi bilan Yangiobod mahallasi hududidan o‘tuvchi  ichki avtomobil yo‘lida “Azlarsoy-Handal” yo‘nalishida boshqarib borib, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda velosipedda  harakatlanib kelayotgan voyaga yetmagan T.F (ism – familiyasi o‘zgartirilgan) ni  turtib yuborib, yo‘l–transport hodisasi sodir qilgan. Oqibatda T.F olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan. Haydovchi doim diqqatini jamlay olishi lozim. Yo‘l-transport hodisalarining yuqori foizi o‘lim holatlari bilan yakun topadi. Shundan aksariyat qismi voyaga yetmaganlarning o‘limidir. Ota-onalardan ham farzandlariga katta yo‘lda velosipedda harakatlanish qoidalariga doim amal qilishi lozimligini tushuntirish talab etiladi. Ammo  ko‘pchilik avtomashina haydovchilari hamda velosiped haydovchilar qarama-qarshi yo‘nalishda, qoidalarni qo‘pol tarzda buzib harakat qilishadi. Qachonki barchamiz yo‘l qoidalariga amal qilsak baxtsiz hodisalarning kamayishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Har bir qilingan jinoyat jazosiz qolmaydi. Ushbu ochiq sud majlisida ham aybdor qonun doirasida qilmishiga yarasha o‘z jazosini oldi.

                                                                                                                            M. Ikromov,

                             Qumqo‘rg‘on tuman prokurori yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi

Qalbingda halovat bo‘lsin

Xonadonda xotirjamlik, qalbda halovat bo‘lsa inson hayotda tinch va osoyishta yashaydi.  O‘z lavozimini oqlay olmayotgan fuqarolar ham oramizda topiladi. Y.O (ism familiyasi o‘zgartirilgan) g‘arazgo‘ylik va past niyatlarda  2023 yil may oyida tumanning “Istiqlol” mahallasida joylashgan  fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan yer  maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, hech qanday ruxsatsiz uy-joy qurib, noqonuniy ravishda foydalanib kelgan. Sudlanuvchi Y.O o‘zining bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasi Respublikasi  Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi belgilangan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb jazo belgilandi.

                    B. Tagayev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi

Pora olgan AMMO bergan ham javobgar…

Ba’zida ko‘pchilik insonlarda hamma narsani pul bilan hal qilsa bo‘ladi degan tushuncha paydo bo‘ladi. Sudlanuvchi  J.Q (Ism – familiyasi o‘zgartirilgan) ham 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi belgilanib, tuman IIB ptobatsiya guruhiga   ro‘yxatga olingan. J.Q o‘zini probatsiya ro‘yxatidan chiqarish evaziga 2000000 (ikki million) so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilganligi holati yuzasidan xodim  viloyat IIB boshlig‘i hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish  Departamentining Angor tuman bo‘limi boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.Q tuman IIB JXX probatsiya guruhi xodimiga jami 2000000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida voqea joyida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. J.Q qilgan ishidan pushaymonligini bildirib suddan qonuniy yordam berishini so‘ragan. Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jazo choralari qo‘llanildi. Unutmang, pora olgan balkim bergan ham qonun oldida albatta javob beradi.

                                                                                                                        Z. Jo‘rayev,

                                                         Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi devonxona mudiri