Inson qadri ulug‘lanayotgan yurtda yashayapmiz. Davlatimiz odamlarining qadr-qimmatiga yetib ular uchun eng zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalarni berdi. Birinchi galda elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta`minlashni yaxshilash, yo‘llarni ta`mirlash vazifalarini bajarishga e`tiborni qaratdi. Tumanimiz umumiy yer maydoni va aholisi jihatdan katta ko‘rsatkichlarga ega. Shunga yarasha ehtiyojlari ham ko‘p. Har doimgidek ularning ehtiyojlarini qondirish mutaxassislarning vazifasiga kiradi.
Ma`lumki, kuz-qish mavsumida elektr ta`minotidagi yetishmovchiliklar ishxonadagi va xonadonlardagi elektr jihozlarini maromida ishlashini chekladi. Anomal sovuq, qor yog‘ib uzoq vaqt saqlanib qolganligi uchun aholi qiyinchiliklarga duch keldi. Davlatimiz bu kamchiliklarni bartaraf etish, energetika sohasida ta`minotini yaxshilash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. Prezidentimizning qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha e`lon qilingan qarorida amalga oshirilishi zarur vazifalar belgilandi. Ijtimoiy soha ob`ektlari va davlat idoralarida, aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi elektr energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish, tadbirkorlarning bino va inshootlarida quyosh panellari va kichik foto elektr stansiyakarni barpo etish ko‘rsatildi. Hujjatda yangi quriladigan qurilmaning soni, o‘rnatiladigan joyi, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati ma`lum bo‘ldi.
Albatta, quyosh panellarini o‘rnatish uchun zarur talablarni ham bilish kerak. Bu yangi qurilma o‘rnatiladigan joy kun davomida quyoshdan keladigan energiyani maksimal darajada tik holatda qabul qilish uchun sharoit bo‘lishi zarur. Quyosh panellari o‘z nomlanishi anglatib turgandek quyosh nurlari – energiyasidan elektr energiyasi hosil qilishga mo‘ljallangan. Bunda yarim o‘tkazgichli foto element – quyosh moduli yordamida elektr energiyasi olinadi va elektr manbasi (batareyasi)da yig‘iladi. Batareyadan ishxona va xonadonlardagi elektr jihozlarini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi.
Tumanimizda quyosh panellarini o‘rnatish vazifasi amalga oshirilayapti. Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi binosiga 15 kVt quvvatga ega 30 ta quyosh panellari o‘rnatildi. Natijadorligi yaxshi. Davlat xizmatlari markazidagi texnikalarni ishlatishda yordam berayapti. Iqtisodiy tejamkorlik sezilayapti. Agrobank ATB Qumqo‘rg‘on filialiga 2023 yil 5 fevralda Toshkentdagi “Solar Naturs” MCHJ tomonidan 179 million so‘mlik quyosh panellari o‘rnatildi. 30 dona 15 kVt elektr energuyasi ishlab chiqaruvchi qurilma 60 foiz elektr energiyasi uchun to‘lovni tejash quvvatiga ega. O‘tgan yilning shu davrida elektr energiyasi uchun 1400000 so‘m to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil shi vaqtda 990000 so‘m to‘lanib, 72 foiz tejashga erishildi. AT Xalq banki Qumqo‘rg‘on vilialiga viloyat Xalq banki tomonidan bu yil fevral oyida 20 kVt quyosh panellari bunyod etildi. “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Qumqo‘rg‘on filiyaliga 2023 yil mart oyida Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy tadbirkor tomonidan batareyasiz 10 kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan quyosh panellari qurildi. Bankka kirgan elektr energiyasiga qo‘shimcha ta`minot sifatida ishlatilayapti. Bir oyda 40 foiz harajatlarni tejash quvvatiga ega qurilmani ishlatish natijasida dastlabki oyda to‘lov 30 foiz kamaydi. Bundan tashqari, fuqarolarga uyiga quyosh panellari o‘rnatish uchun sharoitlar yaratildi.
Ro‘yxatga olingan sub`ektlarning binolari va inshootlariga, aholi xonadonlariga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishga ehtiyoj mavjud. Uni hal etishning imkoni cheklangan. Yangi binolar va uylarning qurilishi abonentlar sonini oshirayapti. Mavjud elektr uskunalari eskirgan, ta`mirtalab bo‘lib qolganligi ham cheklovlarga olib kelayapti. Shu o‘rinda quyosh panellarining o‘rnatilishi qiyinchiliklarni yengishda qo‘l kelayapti.
N. MUHAMMADIYEV