KITOBXON OILA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019-yil 7-iyundagi PQ – 4354 – son Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tuman axborot-kutubxona markazida bir qator ishlar amalga oshirib borilmoqda.

Kitobxon aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatidan yaxshilash, qulay shart-sharoitlar yaratish,  ularning ilmiy, ta’lim, axborot va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida  kitobxon oilalarga ham axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.  Jumladan, tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari faol kitobxon oilalardan biri, nafaqadagi podpolkovnik Pardayev Bozor Ismoilovichning xonadonida bo‘lib, yangi olingan badiiy adabiyotlar bilan tanishtirilib, mutolaaga jalb qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri doirasida axborot-kutubxona xizmati kо‘rsatildi. Oilalarda vatanimizning ertangi kuni va taqdiri uchun munosib xizmat qiladigan ma’naviy yetuk va barkamol farzandlarni voyaga yetkazish va tarbiyalashda kitob mutoalasining o‘rni va ahamiyati nihoyatda muhimligi haqida suhbat o‘tkazildi. Zero, kitob – insonlarni kamolot sari yetaklovchi muhim ma`naviy xazina, u insonga ma`naviy ozuqa beribgina qolmay, tafakkurini teranlashtirib, sog‘lom mulohaza yuritishga o‘rgatadi.

                                                                 S. Kuchkeldiyeva,

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xizmat rahbari