5 muhim tashabbusyoshlarga qanot

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, san`at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta`minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizda keyingi yillarda kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta`minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va iste`dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Ushbu tashabbus joylarda ya’ni  Surhondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar kun tartibida belgilangan vaqtlarda sportning chaqqonlik, chidamlilik va kuch ishlatib bajariladigan mashqlari hamda xizmatdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida harbiy estafeta, yengil atletika, futbol hamda  voleybol turlari bo‘yicha muntazam ravishda shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qo‘yib va buni amalda bajarib kelmoqda.

                                                          Sardor Xolmamatov,

                         DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi