2024 – YIL UCHUN YER SOLIQ STAVKALARI

Xalq deputatlari tuman Kengashi qaroriga asosan yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarida 2024-yil uchun yer solig‘i stavkalari ma`lum bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligidagi 1 gektar yeri uchun 32,0 million so‘m hamda jismoniy shaxslarning 1 kvadrat/metr yeri uchun 300 so‘m bazaviy soliq stavkalari belgilandi. Bunda shahar va tumandagi mahallalar kesimida koeffitsent miqdori aniq ko‘rsatildi.

Besh qahramon, Do‘stlik, Neftchilar, Surxon sohili, Ulug‘bek, Yangi shahar mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yuridik shaxslarga 0,75 koeffitsent miqdori qo‘llanilib 1 gektar uchun 28560000 so‘m soliq to‘laydi. Bu mahallalardagi jismoniy shaxslarga ham 0,75 koeffetsent miqdori belgilandi. Ular 1 kvadrat/metr uchun 239,8 so‘m to‘lovni amalga oshiradi.

Azlarsoy, Arig‘oshgan, Arpapoya, Achamoyli, Bobolochin, Bobotog‘, Bog‘aro, Boymoqli, Bo‘ston, G‘alaba, Guliston, Gultepa, Davlatsoy, Jaloir, Jarqishloq, Jiydali, Joziba, Imomtepa, Islomobod, Istiqlol, Qorsoqli, Kattako‘l, Ko‘ganli, Mehrobod, Munchoqtepa, Mustaqillik, Navbahor, Nurli diyor, Oqtom, Pastxam, Saxovat, Tayfang, Tebat, To‘g‘on, To‘da, O‘zbekiston 5 yilligi, Umid nihollari, Uyas, Xalaki, Xalqobod, Xo‘jaqishloq, Xo‘jamulki, Hurriyat, Yuksalish, Cho‘kirli, Sherozi, Elobod, Yangi avlod, Yangiobod, Yangi hayot, Yangiyer, Yangi qishloq, Arslonboyli, Hunarmandlar mahallalaridagi yuridik va jismoniy shaxslarga 0,70 koeffetsent miqdori qayd etildi. Yuridik shaxslar 1 gektar uchun 26656000 so‘m, jismoniy shaxslar 1 kvadrat/metr uchun 224,7 so‘m to‘laydi.

                                                                                                                      Baxtiyor TURDIYEV,

                                                                                                 Qumqo‘rg‘on tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i