Yil sarhisobi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli Farmoniga asosan, hududdagi sektorlar va tashkilot hamda idoralar rahbarlarining faoliyati, murojaatlar bilan ishlash ahvoli muntazam ravishda o‘rganilib, umumlashtirib borilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar tomonidan sayyor qabullarda, Xalq qabulxonasiga va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga aholi tomonidan qilinayotgan murojaatlar yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Qumqo‘rg‘on tuman Prezident virtual va Xalq qabulxonasida 2023 yil 1-yanvardan 31-dekabr kuniga qadar 10233 ta masaladan iborat 7111 ta murojaatlar ro‘yxatga olingan.

Hozirgi kunda murojaatlarning 9809 tasi tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 8431 tasi yoki 87,44 foiz qanoatlantirilgan bo‘lsa-da, haqiqatda ijobiy hal etilganlari 4562 ta yoki 46,6 foizini tashkil etadi.

Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan reja-grafikka asosan, sektor rahbarlari tomonidan har bir sektor o‘z hududida aholi bilan ommaviy sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqda. O‘tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan 1924 ta murojaatdan 1635 tasi yoki 84,98 foiz ijobiy hal etilgan.

                                                                                                                   R. To‘xtayev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi mudiri