Yosh tadbirkorlar uchun keng yo‘l

Surxondaryo viloyatida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadi amalga oshirilmoqda.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 40 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish, shu jumladan sanoat ipotekasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, o‘rnatilgan tartibda ajratilgan yer maydonlarida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yosh tadbirkorlar uchun tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari barpo etiladi.

Sanoat ipotekasi asosida qurilish uchun yer maydonlari tegishli bosh rejalarga muvofiq elektron onlayn-auktsionga quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlarining asosiy parametrlari va qurish muddatlari to‘g‘risidagi shartlar belgilangan holda joylashtiriladi hamda ushbu shartlar yer ijara shartnomasida ko‘zda tutiladi.

Sanoat ipotekasi asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan barpo etiladigan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari keyinchalik ular tomonidan yosh tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilinadi.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini yosh tadbirkorlar tomonidan xarid qilish bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirishga hamda ishlab chiqarish bino-inshootlarini xarid qilish uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beriladigan moliyaviy resurslarni tijorat banklari tomonidan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga taqdim etiladi.

Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonasida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlarini xarid qilgan yosh tadbirkorga Yoshlar sanoat zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi hamda u bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim tuziladi.

Bundan tashqari, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga kiruvchi Denov tumani hududidagi 21 gektar yer maydonini qisqartirish hisobiga 4 gektar bo‘sh yer maydonida Yoshlar sanoat zonasini tashkil etish, 17 gektar yer maydonini “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga qo‘shish orqali uning hududini kengaytirish belgilandi.

Termiz shahridagi “Tinchlik” Yoshlar sanoat zonasi tajribasi asosida 2024 yilda 6 ta tuman (shahar)da, 2025 yilda 8 ta tumanda Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida bino-inshootlar barpo etiladi.

                   A. Mamataliyev,

Bosh prokuratura boshqarma prokurori

                  E. Musirmonov,

Viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori