FUQAROLAR QABULI BO‘LIBO‘TDI

Qumqo‘rg‘on tumani 1-sektor hududidagi “Paxtaobod” mahallasida tuman hokimining o‘rinbosari Normo‘min Allanazarov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla aholisi ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan yo‘l ta’miri, ichimlik suvi, moddiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

                                                     O‘ktam Xoliqov,

              «Inson» ijtimoiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘i