MUDOFAA ISHLARI ARMIYA TAYANCHI

Vatan tinchligini asrash, harbiy qismlarda vatanparvarlik burchini namunali bajarish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Qumqo‘rg‘on tuman mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan bu borada belgilangan ishlar amalga oshirilayapti. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, umumta`lim maktablaridagi yuqori sinf o‘quvchilarini chaqiriqqacha tayyorlash, saf qoidalarini bajarish, o‘q otish qurollarining tuzilishi, ularni amalda qo‘llash kabi zarur talablarni amalga oshirayapti. Bunda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega.

Qumqo‘rg‘on tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining o‘ttiz ikki yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan rejadagi ishlar bajarilmoqda. “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir” shiori ostida o‘tkaziladigan amaliy chora-tadbirlar tarmoq jadvali hamda dasturi ishlab chiqildi. Shu hujjatlarda belgilangan vazifalar amalga oshirildi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  “Munchoqtepa” mahallasida yashovchi Hayit Musayev xonadoniga borilib, holidan xabar olindi. Umumta`lim maktablarida “Vatan tayanchi” otryadlari hamda 10-11-sinflarning o‘quvchilari bilan harbiy vatanparvarlik musobaqalari tashkil etildi. Tadbir doirasida targ‘ibot ko‘rgazmali vositalari o‘rnatildi. “Baraka savdo majmuasida” LED –ekranida ijtimoiy roliklar namoyish etildi. Aholining keng qatlami, uyushmagan yoshlar bilan milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘isida uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i va shaxsiy tarkib tadbir ishtirokchilriga keng qamrovli tushunchalarni bildirdi.

Mahalla yoshlari hamda umumta`lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari bilan oliy harbiy ta`lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun “Armiya – jasorat, matonat va bilim maskani” mavzusida uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazilayapti. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

                                                                                                  Sanjar DAVLATOV,

tuman mudofaa ishlar bo‘limi boshlig‘ining tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda “Vatan tayanchi” harakati bo‘linmasi boshlig‘i