TARG‘IBOT GURUHLARI FAOLIYAT KO‘RSATMOQDA

Tumanda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma`naviy-ma`rifiy, madaniy-musuqiy tadbirlar davom etmoqda. Targ‘ibot guruhlari bir oy mobaynida rejali ravishda tadbirlarni amalga oshiradi. Bunda Muhtaram Prezidentimizning 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma`naviyat va ma`rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqida bildirgan fikr-mulohazalari, Ma`naviyat sektorining vazifalari keng targ‘ib qilinayapti. Dastlab tuman hokimligining majlislar zalida targ‘ibot guruhi a`zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi o‘rinbosari N. Allanazarov ularga yetarlicha ma`naviy tushunchalarni o‘rgatib, zarur manbalar bilan ta`minladi.

Shundan so‘ng shahar madaniyat markazida maktablarning ma`naviy-ma`rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, kutubxonachilar ishtirokida “Ma`naviyat sektori”ni tashkil etish, xonalarni yetarlicha jihozlash va kitoblar  bilan ta`minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi o‘rinbosari N. Allanazarov, tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo‘limi boshlig‘i  R. Narmurodov Prezidentimizning «Ma`naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak» deb nomlangan nutqida ifodalangan keng qamrovli fikr-mulohazalar, belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha atroflicha gapirdilar.

 Shunday tadbirlardan biri 7-maktabning faollar zalida bo‘ldi. Tadbirda Mustaqillik, Yangiyer, Paxtaobod mahallalari faollari, aholi vakillari, 7-maktab, 20-son bolalar musiqa va san`at maktabi o‘qituvchilari qatnashdi. Tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo‘limi boshlig‘i R. Narmurodov davlar rahbarining ma`ruzasi asosida turgan mazmunli mulohazalari, o‘zbek adabiyoti vakillari – atoqli yozuvchilarning asarlari haqida gapirdi. Yangi tashkil etilgan “Jadid” gazetasining bosh muharriri, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Jadidlar” sarlavhali she`rini o`qib eshittirdi. She`r misralarida ifodalangan mazmunni tushuntirdi.

13-maktabda pedagoglar, texnik xodimlar ishtirokida shu mavzuda tadbir o‘tkazildi.  Adabiyot namoyandalarining ibratli asarlari, Prezidentning “Milliy tiklanish” gazetasida O‘zbekiston Xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Jadidlar” sarlavhali she`ri haqida bildirgan fikr-mulohazalari haqida targ‘ibot a`zolari tomonidan fikr bildirildi.  “Qumqo‘rg‘on sadosi” gazetasi bosh muharriri, tuman kengashi deputati R. Mengziyayeva Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i, Ma`naviyat sektori bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi haqida gapirdi. 13-maktab o‘qituvchisi E. Berdiyev bunday tadbirning o‘tkazilishidan mamnunligi, aytilgan fikr-mulohazalarni to‘g‘ri anglab o‘quv muassasasida qo‘llashlarini bildirdi. Tadbir ishtirokchilariga zamonaviy kompyuter va ekran vositasida videorolik namoyish qilindi.

Bunday tadbir 80-maktab faollar zalida ham tashkil etildi. Ishtirokchilarga tuman hokimi o‘rinbosari N. Allanazarov, Tuman Ma`naviyat-ma`rifat bo‘linmasi rahbari Sh. Mamadiyev, Imomtepa mahalla fuqarolar yig‘ini keksalar maslahat guruhi raisi U. Musurmonov fuqarolarning dunyoqarashini ezgu g‘oyalar bilan rivojlantirish, jinoyat sodir etmaslik, yoshlar ta`lim-tarbiyasi, ular uchun ma`naviy sektorlar faoliyatini amalga oshirish haqida batafsil gapirdi. Zamonaviy qurilmalardan foydalanilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida videorolik namoyish etildi. Tadbir mahalla ahlida yaxshi taassurot qoldirdi.

        N. MUHAMMADIYEV