Umumta’lim maktablarida muntazam o‘tkazib kelinayotgan fan oyliklari tadbirlari o‘quvchilarning fanlarga, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda.
24-noyabr kuni tuman XTBga qarashli 33- maktabda xorijiy tillar fan oyligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda rus va ingliz tillari fani o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi. O‘quvchilar tomonidan ruscha hamda inglizcha she’r-u qo‘shiqlar ijro etildi. Rus tili fanidan «Русскиенародныетанцыипесни» tadbiri o‘tkazildi .Tadbirda 7-sinf o‘quvchilari «Русскийнародныйтанец», «Смуглянка», «Катюша» qo‘shiqlariga raqslarga tushishdi. 5-sinf o‘quvchilari Ziyodullayev Alisher, Normamatov Dilshod, Rajabova Nozima, Xaydarova Muharramlar Pushkinning hamda Lermontovning she`rlaridan ifodali o‘qib berishdi.Tadbir ishtirokchilaring kiyinishi,stolning rus oshxonasining milliy taomlari bilan bezatilishi tadbir kuzatuvchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
F. Bo‘tayeva,
33-maktabning o‘qituvchisi