Qo‘li ochiqning – yo‘li ochiq    

21 mart kuni sel toshqini oqibatida jabr ko‘rgan  Azlarsoy, Bog‘aro, Yangishahar, Elobod mahallalariga viloyatimizning barcha tumanlaridan hasharchilar kelib aholi xonadonlari hamda ko‘chalarga yetkazilgan talafotlarni bartaraf etishda ko‘maklashishmoqda.

Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi tashabbusi bilan Doniyor 2 ovqatlanish maskanida hasharchilarga osh berildi. Sinovli kunlarda yelkama – yelka turgan vohadoshlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.