“Yashil makon” milliy dasturi: Ko‘chat ekish jarayonlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Albatta, bu boradagi chora-tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etishda “Yashil makon” milliy dasturi o‘zining samarasini bermoqda. Joylarda “Yashil makon”lar tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ushbu ezgu ishlarda DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok qilmoqdalar. Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan harbiy qism binosi va unga tutash hududlarda noyabr oyi davomida 450 tup  mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, ushbu ko‘chat navlarini tanlashda mahalliy iqlim sharoitiga mos kelishiga alohida e`tibor qaratildi. Ekilgan har bir ko‘chatning to‘liq rivojlanishini ta`minlash maqsadida, har bir ko‘chat “Yaxshidan bog‘ qoladi” shiori ostida har bir harbiy xizmatchiga biriktirildi. Shuningdek, DXX Chegara Qo‘shinlari harbiy xizmatchilarga ko‘chat ekish dolzarb 40 kunligi doirasida o‘zlarining yashash xonadoni atrofiga ham mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish orqali aholi o‘rtasida tabiatga havas uyg‘otishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.

                                                               Firdavs To‘rayev,

                                                                harbiy xizmatchi