Pirotexnika vositalarga qarshi kurash olib borilmoqda

 Yangi yil yaqinlashgani sayin odamlarda pirotexnika vositalarga bo‘lgan qiziqish kuchayadi. Bu, garchi taqiqlangan bo‘lsa-da, pirotexnika vositalari savdosi paydo bo‘lishiga olib keladi.

 Osoyishtalik, yong‘in xavfsizligi va eng avvalo salomatlikka jiddiy xavf tug‘diradigan bu turdagi vositalarning zarari va oqibatlarining oldini olish maqsadida Qumqo‘rg‘on  tuman IIB tomonidan turli reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 Xususan, tuman markazida o‘tkazilgan “Davomat” “Tig‘” va “Xavfsiz hudud” tadbirlari davomida   fuqaro N.Olimov (ism, familyasi o‘zgartirilgan) noqonuniy ravishda pirotexnika vositalarini saqlab kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan va olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida 60 ta quti  “Britanik” nomli pirotexnika vositlari xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Barchamiz orziqib kutgan bayramni oila davrasida tinch va osoyishta o‘tkazaylik, aziz tumandoshlar.

                                                                   A. Xolmo‘minov,

                    tuman IIB JTSG katta inspektori, katta serjant