YAXSHI  KAYFIYAT BAG‘ISHLADI

Yangi yil bayrami tobora yaqinlashmoqda. Ta`lim muassasalarida bu shodiyonaga bag‘ishlangan bayram tadbirlari amalga oshirilayapti. Ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlayapti.

Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumining sport zalida yangi yil bayrami munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o‘tkazildi. Keng davraga ikkita archa qo‘yilib, chiroyli bezatildi. Qorbobo va Qorqiz barchani bayram bilan qizg‘in tabrikladi. Badiiy havaskorlik ijrochiligi namoyish etildi. O‘quvchilar sho‘x musiqalar sadosi jorligida raqslar ijro etdi. Yangi yilga atab she`rlar aytdi.

15 ta o‘quv guruhlari o‘rtasida o‘quv xonalarini yangi yil kelishi munosabati bilan bezash, tomosha senariylari yozish, devoriy gazetalar chiqarish bo‘yicha ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Bunda eng yaxshi qatnashgan uchta guruh aniqlandi. 2-bosqich Byxgalteriya va audit guruhi faxrli birinchi o‘rinni, 1-bosqich Kutubxonachilik guruhi faxrli ikkinchi o‘rinni, 1-bosqich Buxgalteriya va audit guruhi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Ular texnikum ma`muriyatining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shungdek, bayram tadbirida faol qatnashgan o‘quvchilar ham ma`muriyatning faxriy yorliqlari bilan mukofotlandi. Bu o‘quvchilar orasida “Konstitutsiya bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallagan Nazira Xurramova va iste`dodli ijodkor Xalim Malik ham bor. Ular texnikumning faxri hisoblanmoqda.

Hozir 2023 yil 20 dekabrdan 2024 yil 20 yanvargacha  “Yilning eng yahshi ta`lim muassasalari – 2023” respublika tanlovi e`lon qilindi. Bu tanlovda tumandagi yagona Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumi qatnashib, kuchli o‘ntalikka kirdi. Hali tanlov davom etmoqda. Tuman aholisi va fuqarolardan bu o‘quv muassasasining faxrli o‘rinni egallashi uchun @EDUStatbot telegram boti orqali ovoz berib qo‘llab-quvvatlashini so‘raymiz. Sizning ko‘p ovoz berishingiz o‘quv muassasasining tanlovda g‘olib chiqishiga yordam beradi.

                                                                                                       N. MUHAMMADIYEV