XALQ ROZILIGI YO‘LIDA

Ko‘p kvartirali xonadonlarni boshqarishda uy-joy mulkdorlari huquqlarini himoya qilish, boshqaruv kompaniyalari faoliyatiga ko‘maklashish hamda ularning foydasiga mavjud debitor qarzdorliklarni undirish borasida Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyatimizda 37 834 ta xonadondan iborat 1592 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, shundan 1496 ta uylarga 32 ta boshqaruv tashkilotlari xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 45,3 mlrd. so‘m badal mablag‘lari o‘z muddatida to‘lab berilmaganligi aniqlanib, mavjud debitor qarzdorlik mablag‘ini qisqa muddatda undirish hamda undirilgan mablag‘larni maqsadli sarflanishini ta’minlash bo‘yicha “dolzarb oylik” e’lon qilingan holda tegishli tashkilot vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar tuzildi.

Ishchi guruhlar amalga oshirilgan ishlar natijasida, 25.12. 2023 yilga qadar 2 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ undirilib, qarzdorlik kamayishiga erishildi.

Natijada undirilgan mablag‘lar hisobidan 401 mln. so‘m ish haqi, 169 mln. so‘m soliq, 31 mln. so‘m kommunal, 57 mln. so‘m kredit va boshqa to‘lovlari to‘lab berilishi, shuningdek uy-joylarga xizmat ko‘rsatish uchun 87 mln. so‘mlik moddiy-texnik bazasi, 9 mln. so‘mga qish mavsumi uchun kurak va qum-tuz aralashmasi xarid qilinishi, 33 mln. so‘mlik oyna va yangi romlar o‘rnatilishi, 107 mln. so‘mga sensor lampa hamda videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, “SARVAR-TERMIZ-SERVIS” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan qiymati qariyib 1 mlrd. so‘mlik yangi ma’muriy bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan ushbu sohada alohida nazorat o‘rnatilib, amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

                 B. Payzibayev,

Bosh prokuratura boshqarma prokurori

               E. Musirmonov,

Viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori