MAHALLA YOSHLARIGA G‘AMXO‘RLIK

Yoshlar uchun sharoitlar yaratish va g‘amxo‘rlik qilishga e`tibor qaratilgan 2023 yil xursandchilik bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Neftchilar mahallasidagi yoshlar yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Bandlik dasturi ishlab chiqilib, ishsiz yoshlarning 18 nafari doimiy ish o‘rniga joylashtirildi. 9 nafari jamoat ishida band etildi. 9 nafar yoshga kredit, 3 nafariga subsidiya olib berildi. 4 nafar yosh hunarmandchilik, til o‘rganish bo‘yicha zamonaviy kasblarga jalb etildi.

Biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda “Qizil toifa”dagi yoshlarga ko‘maklashildi. Mahalla hududida 10 nafar nogironligi bor yoshlar bo‘lib, shuning 2 nafariga qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarib, manfaat topishi uchun elektr pech olib berildi. Oilaviy sharoitlari og‘ir toifadagi 6 nafar yoshga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Mahallada 35 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga yozilgan. Shundan 13 nafari ishga joylashtirildi. 2 nafariga 400000000 so‘m subsidiya ajratildi. 2 nafar yoshga to‘lov kontraktlari bo‘yicha yordam ko‘rsatildi. 2 nafar haydovchilik guvohnomasi olmoqchi bo‘lgan fuqaroga jami 2400000 so‘m to‘lov amalga oshirildi. 10 nafar yoshga 217200000 so‘m kredit ajratilib, asbob-uskunalar, elektromobil texnikasi olib berildi. Hozirgi kunda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 4 nafar yoshga yordam ko‘rsatilmagan. Shuning 2 nafari zamonaviy kasblarning AITS sohasiga o‘qitilayapti. 2 nafari ish izlovchilar ro‘yxatida turibdi. Bir nafari oily ma`lumotli, bir nafari chet elga ishlash uchun ketgan. Xorij davlatlaridagi yoshlar bilan ijtimoiy tarmoqlar vositasida suhbatlar o‘tkazilib, xohish-istaklari, talablari, muammolari, kelgusidagi rejalari o‘rganilmoqda.

Profilaktika inspektori bilan jinoyatchilikning oldini olish maqsadida hamkorlikda ish yuritilayapti. Profilaktika va probatsiya xizmatlari nazoratida turganlar, uyushmagan yoshlar “Besh tashabbus olimpiyadasi” sport musobaqalariga jalb etildi. Ular ishtirokida futbol, voleybol, tennis o‘yinlari o‘tkazildi. Muammolar o‘rganilib, ishsizlar xususiy yoki davlat ishlariga taklif etildi. Xohlovchilari ishga joylashtirildi.

         Muhiddin XOLMATOV,

Neftchilar mahallasi yoshlar yetakchisi