QANDOLATCHILIK KORХONALARIGA MOLIYAVIY YORDAM KO‘RSATILISHIDAN XABARDORMISIZ?

Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qandolatchilik korхonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oхirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:

•        eksport hajmi 500 ming AQSH dollarigacha bo‘lganda – 1 mln AQSH dollarigacha;

•        eksport hajmi 500 ming AQSH dollaridan 4 mln AQSH dollarigacha bo‘lganda – 2 mln AQSH dollarigacha;

•        eksport hajmi 4 mln AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda –3 mln AQSH dollarigacha.

 2025 yil 1 yanvarga qadar:

•        keng turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari (TIF TH kodlari 3919 108 000 va 3921906 000) bojхona bojidan ozod etiladi;

•        ip-kalava ishlab chiqaruvchilarga Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan paхta va sun’iy tolani o‘z ehtiyoji uchun import qilishda (qo‘shni davlatlardan tashqari) transport xarajatlarining 50 % qoplab beriladi.  Shuningdek:

•        2024 yil 31 dekabrga qadar ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yig‘imning amaldagi miqdori 5 baravarga kamaytiriladi;

•        2024 yil 31 dekabrga qadar bo‘yalgan mato va bo‘yalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 % tashkil qilgan korхonalarga ijtimoiy soliqni 1% miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash hamda 3 yil muddatgacha yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqi beriladi;

•        2026 yil 1 oktyabrga qadar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korхonalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan ayrim tovarlarni import qilishda bojхona bojidan ozod qilinadi;

•        sanoat zonalarida yer maydonlari hamda bino va inshootlarni ijaraga berishda to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.

                  A. Abdimuratov,

Qumqo‘rg‘on tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi