YO‘LLAR TEKIS – XAVF-XATAR YO‘Q

Avtomobil yo‘llari yengil avtomobillar, yuk tashuvchi avtotrasportlar uchun qurilgan. Bu yo‘llarda yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmasligi uchun asfaltlanadi, tosh-shag‘al to‘kilib tekislanadi. Avtomobilni boshqarganda yo‘l qoidalari va belgilariga rioya qilish, piyodalarning belgilangan o‘tish joylaridan harakatlanishi ham avariyalarning oldini oladi.

Qumqo‘rg‘on tuman Yo‘ldan foydalanish korxonasi davlat muassasasi xodimlari va ishchilari turli toifadagi transport vositalari va yo‘lovchilar harakatlanishi, aholining xavfsizligini ta`minlash uchun 198 kilometr umumiy foidalanishdagi avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatmoqda. Shundan 23 kilometr xalqaro ahamiyatga ega, 89 kilometr davlat ahamiyatidagi, 86 kilometr mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar hisoblanadi.

Tumandagi avtomobil yo‘lariga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar va ishchilar 2023 yil davomida kompleks ravishda mehnat qilib, yutuqlarga erishdi. Ular xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lda 6,2 kilometr asfalt qoplama yotqizish va 1760 metr/kvadrat yamoqlash ishlarini amalga oshirdi. Xalqaro yo‘lda 23 kilometr yotiq chiziqlarni chizish, piyodlar o‘tish joylarini belgilash hamda eskirgan yo‘l belgilarini yangisiga almashtirish ishlarini bajardi. Davlat ahamiyatiga ega yo‘llarda ham mehnat qilganligi uchun 4R105 avtomobil yo‘lining 80-84 kilometr oralig‘ida 3,5 kilometr asfalt qoplama yotqizaildi. Mazkur avtomobil yo‘lida Boysun TYFKDM tomonidan yana 5,5 kilometr asfalt qoplama yotgizish ucnun asos tayyorlanmoqda. Davlat ahamiyatidagi 4R101 avtomobil yo‘lida 3,7 kilometr asfalt qoplama yotqizish hamda 3580 metr/kvadrat yomoq ishlari bajarildi. 4R101A avtomobil yo‘lida 1704 metr/kvadrat, 4R105 avtomobil yo‘lida 139 metr/kvadrat, 4K596 avtomobil yo‘lida 139 metr/kavadrat, 4K596 avtomobil yo‘lida 420 metr/kvadrat, 4M1617 avtomobil yo‘lida 237,2 metr/kvadrat, 4M1591 avtomobil yo‘lida 210 metr/kvadrat, 4K593 avtomobil yo‘lida 260 metr/kvadrat asfalt qoplama ta`mirlandi. Davlat ahamiyatiga ega 4R104 avtomobil yo‘lida 3,1 kilometr, 4K593 avtomobil yo‘lida 0,8 kilometr, 4K595A avtomobil yo‘lida 2 kilometr asfalt qoplama yotqizildi.

198 kilometr umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l chetini chiqindi va o‘tlardan tozalash, saqlash, yo‘l elementlarini oqlash va qoralash ishlari doimiy ravishda bajarilayapti.

Bu sa`y-harakatlarning natijasi avtomobillarni namunali boshqarishda, haydovchilar va yo‘lovchilarning o‘z manzillariga sog‘-salomat yetib borishda yanada yaqqol ko‘rinadi. Xalqimiz tomonidan “Oy borib, omon qayt”, “100 ga haydama 100 ga kir” degan maqollar bekorga aytilmagan. Yo‘llarda harakatlanish tartib-qoidalariga amal qilinsa ezgu maqsadlarga erisiladi.

             N. MUHAMMADIYEV