KITOB MENING TAQDIRIMDA

Qumqo‘rg‘on tuman axborot-kutubxona markazida tuman Ma`naviy va ma’rifiy ishlar bo‘linmasi, agrotexnologiyalar texnikumi hamda 1-3 son o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida «Uch avlod uchrashuvi» shiori ostida KITOB MENING TAQDIRIMDA mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga vohamiz ijodkorlari, yoshi ulug‘ ustozlar hamda xalqimizning sevimli aktrisasi Oygul Abdurahmonova tashrif buyurdi. Tadbirda vohamiz ijodkori Mengnor Ollamurod so‘zga chiqib kitob mutoalasining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida ijobiy fikrlarni aytib o‘tdi.

Tadbir davomida Oygul Abdurahmonova so‘zga chiqib o‘zining ijodiy faoliyat haqida gapirib, o‘quvchi yoshlarga hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan bilim olish uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligi to‘g‘irisida so‘zlab o‘tdi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar  tomonidan axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganilib, bu yerda kitobxon o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish  borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

                                             Sayyora Karimova,

               Axborot bibliografiya xizmati mutaxassisi