“DIQQAT PIYODA” PROFILAKTIK TADBIRI

Ma`lumki, har yili 10000 tagacha yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lmoqda. Buning oqibatlarida o‘tgan yili 2500 ga yaqin kishi bevaqt hayotdan ko‘z yumdi, 9000 tadan ziyod odam turli xil tan jarohati oldi. Bu hodisalarning 20 foizi tezlikka rioya qilmaslik, 25 foizi yo‘ldagi kamchiliklar, 47 foizi piyodalar ishtirokida, 10 foizi haydovchilarning tajribasizligi, 8 foizi qarama-qarshi yo‘nalishlarga chiqish, 6 foizi velosipedlar uchun yo‘laklarning yo‘qligi sababli ro‘y berdi. Bu faktlardan ko‘rinadiki, baxtsiz hodisalarning yarmi piyodalar ishtirokida sodir bo‘ldi.

Qumqo‘rg‘on tuman IIB, Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi xodimlari bunday hodisalarning oldini olish maqsadida jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda “Diqqat piyoda” profilaktik tadbirini o‘tkazdi. Tadbir davomida keng jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirdi. 38 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli choralar belgilandi.

                                                               Davron Choriyev,

  Qumqo‘rg‘on tuman MXMKGB inspektori, katta serjant