PARTIYA FAOLLARI TAQDIRLANDI

O‘zbekiston Lebiral-demokratik partiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar  joylarda qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumanning xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari faol ishtirok etishdi. Tantanali tadbirni O‘zLiDeP Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi apparat rahbari O‘. Xoliqov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini partiya tashkil etilganligining 20 yilligi bilan samimiy qutladi. Аsosiy elektorati tadbirkor, fermer va hunarmandlardan iborat bo‘lgan O‘zLiDePning mamlakatimiz siyosiy sahnasida yetakchi kuch sifatida o‘z o‘rniga ega ekanligi, o‘tgan davr ichida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shayotgan hissasi, ayniqsa ushbu siyosiy tuzilmaning mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashdagi hissasi salmoqli ekanligini alohida ta‘kidladi. Tadbir yakunida partiyaviy faoliyatda bir qator yutuqlarga erishgan, safdoshlarga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish va amalga oshirishda jonkuyarlik ko‘rsatayotgan O‘zLiDeP Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi faoli Anvar Normamatovga partiya Siyosiy Kengashi ijoroiya qo‘mitasi raisi A. Haitov hamda viloyat Kengashining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

                                                                                                                            O‘rol Xoliqov,

                                     O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi o‘rinbosari, Apparat rahbari