Tez tibbiy yordam aholiga hamdam

Aholi salomatligini muhofaza qilishda tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi shifokorlar, o‘rta tibbiyot xodimlari, avto va moto transport haydovchilarining hissasi bor. Ular aholiga sog‘liqni saqlash xizmati zarurligi haqida chaqiruv olgach tez yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Bunday qulayliklar bizning tumanimizda ham keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filiali Qumqo‘rg‘on tez tibbiy yordam stansiyasi ko‘p yildan buyon faoliyat ko‘rsatayapti.

Bu tibbiyot muassasasida stansiya boshlig‘i Muhammadi Qobilov, bosh feldsher Shokir Xudoyberdiyev, texnika ta`minoti bilan shug‘ullanuvchi kolonna boshlig‘i Valamat G‘aniyev tibbiyot xodimlarining namunali ishlashiga rahbarlik qilmoqda. Umumiy xodimlar 400 nafar. Shulardan 12 nafari oliy ma`lumotli asosiy shifokorlar, 52 nafari o‘rindosh shifokor, 200 nafari o‘rta tibbiyot xodimi, 8 nafari farrosh, 87 nafari avtotransport haydovchilari hisoblanadi.

Tibboyot xodimlari 19 ta tez yordam avtomashinasi vositasida aholiga xizmat qilayapti. Shulardan bittadan Nissan va Xunday, uchta Volkswagen, 14 ta Damas tez tibbiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan avtomashinaga ega. Yaqinda bu stansiyasi bitta skuter mototsikli bilan ta`minlandi. Bu yangi texnikani feldsher boshqarib, yaqin masofadagi chaqiruvlar bo‘yicha tez tibbiy yordam bermoqda. Tez tibbiy yordam stansiyasi xodimlari tumandagi 253000 nafar aholiga xizmat qilmoqda. Ular bir kunda 400 atrofidagi chaqiruvlarda tezkor harakatlanib, bemorlarning xonadonlariga yetib borib tekshiruvlardan o‘tkazmoqda, zarur muolajalarini bajarayapti. Zarur hollarda statsionar tibbiy muassasalariga olib kelayapti. Bu o‘rinda yana shuni aytish kerakki, Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filiyali tomonidan  birinchi tez tibbiy yordamda zarur bo‘ladigan dori-darmonlar bilan ta`minlanmoqda.

Qumqo‘rg‘on tuman markazidagi stansiyada 4 ta brigada ishlayapti. Bundan tashqari, tuman hududlarini qamrab olish uchun 16 ta shoxobcha mavjud. Shulardan O‘zbekiston hududida ikkita, Oqqopchig‘ay, Sayxon, Safar Boymatov, Sharof Mirzayev, Nurmamat Mirzayev hududlari, Munchoqtepa, Elobod, Xo‘jamulki, Qorsoqli, Bobotog‘, Buyrabob, Takto‘g‘ay, Davlatsoy, Ko‘ganli mahallalarida bittadan tez tibbiy yordam shoxobchasi bor. Bu shoxobchalarda 16 ta brigada aholiga zarur yordamlarni berayapti.

Oq xalatli, o‘z kasbiga sadoqatli tibbiyot xodimlari yuqori tashkilotlar tomonidan munosib rag‘batlantirilayotganligi quvonarli. Avtomobil haydovchisi Mahmud Abdushukurov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash a`lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Oliy toifali shifokorlar: Mamatraimov Abdusalom, Boyqobilov Rejab, Ahmedov Shodi, Irgashev Urol, Hujamqulova Aysanam, Abdullaev Bozor, Yarmatov Elbek, Qobilov Muhammadali, Choriev Fozilbek, Xolmatov Nurzod, Qamariddinova Mohira.

Oliy toifali o‘rta tibbiyot xodimlar: Salayev G‘iyosiddin, Turayev Mamadi, Abdurahmonov Karim, Hudayberdiyev Shokir, Mamatraimov Ibragim, Eshpulatov Eshdavlat, Jo‘rayev Toshboy, Alimnazarov Utkir, Shoimov Shuhrat, Xolmo‘minov Ravshan, Normurodov Muhiddin, Turayev Safar, Aliboyeva Umida, Ergasheva Dilrabo, Ulug‘berdiyeva Salomat, Turayeva Dilorom, Gapporova Barno, Qosimova Muhabbat, Karimova Gulnoza, Qulturayeva Sarvinoz va boshqalar faol mehnat qilib tibbiyot xodimlariga o‘rnak bo‘lmoqda.

Tez tibbiy yordam stansiyasidagi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmat ko‘rsatishni namunali amalga oshirish uchun yaqinda 2 ta muddati o‘tgan Damas avtomashinasi o‘rniga zamonaviy Volkswagen rusumli avtomashinalari berildi. Tez kunlarda yana uchta Volkswagen avtomashinasi bilan ta`minlanadi. Stansiya xodimlari kasb bayramini mehnat yutuqlari bilan kutub olmoqda.

                                                                                        N. MUHAMMADIYEV