MILLIY GVARDIYA NAMUNALI XIZMAT TIMSOLI

Qumqo‘rg‘on tuman Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi xodimlari aholi, tadbirkorlar, pedagoglar va o‘quvchilarning xavfsizligini ta`minlash uchun o‘z burchlarini mas`uliyat bilan amalga oshirayapti. Ular sutkaning 24 soati mobaynida xizmat jarayonlarida sergak turibdi. O‘zlariga biriktirilgan obyektlarda o‘g‘irliklarning va jinoyatlarning oldini olish maqsadida xizmat qilayapti. Hozirgi paytda tuman Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi tasarrufida 126 ta xonadon, 180 ta obyektlar, maktablar, do‘konlarni qo‘riqlash bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Bunda mas`yliyatli ishlarni bajarish uchun Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi shaxsiy tarkibi jalb etilgan. Bu xonadonlarni va obyektlarni qo‘riqlash uchun zamonaviy kuzatuv signalizatsiya qurilmalarini o‘rnatib, vazifalarimizni sifatli va namunali bajarayapmiz.

Qo‘riqlanayotgan xonadonlarning va subyektlarning sonini ko‘paytirish, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash maqsadida aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilayapti. Shu o‘rinda fuqarolarni o‘z uylari va moddiy boyliklari mavjud obyektlarni qo‘riqlash uchun Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikka chaqiramiz.

                                                                                                                            Nizomiddin PANJIYEV,

                                                         Qumqo‘rg‘on tuman qo‘riqlash bo‘limi xodimi, katta leytenant