FIRIBGARLIK JINOYATI FOSH ETILDI

O‘zgalarning pul mablag‘larini firibgarlik, ya`ni aldash yoki ishonchini suiiste`mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish illat. Insoniy fazilatlarga amal qilmasdan firibgarlik qilgan kishiga jazo muqarrar. Qumqo‘rg‘on tumani “Besh qahramon” mahalasida yashovchi X. Y. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) firibgarlikka qo‘l urib manfaatdor bo‘lishni maqsad qildi. Avvaldan tanish bo‘lgan, “Yangi shahar” mahallasida yashovchi fuqaro M. D. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) bilan uchrashib, uning sotiladigan chorva mollari borligidan xabar topdi. Bu mollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. U 2022 yil davomida mollarning egasining xonadonidan bir necha marta jami 17 bosh qora mollarni nasiya sharti asosida 171175000 so‘mga hisoblab oldi. Pullarni 2023 yil yanvar oyiga qadar to‘liq berishga va`da qildi. Molning egasini ishontirib uning mollarini olib ketdi, o‘ziga tegishli qushxonada so‘yib sotdi. Sotuvdan tushgan pullardan 81975000 so‘mini mollarning egasiga berdi. 89200000 so‘m pullarni mollarning egasiga kelishilgan muddatda bermasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatdi.

Sudda ma`lum bo‘lishicha X. Y. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) 2010 yildan buyon Qumqo‘rg‘on tuman bozorida qassoblik qilgan. Fuqaro M. D. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) bilan 2020 yildan buyon tanish bo‘lgan. 2022 yil 23 sentabr oyidan boshlab birinchi marta bir bosh qoramolini sotib olgan. Shundan buyon qarz-oldi berdisi bilan mollarni nasiyaga olib, pullarning bir qismini to‘lagan. Fuqaroviy da`vogar uning uyiga ko‘p marta borishiga qaramasdan bahonalarini aytib pullarni bermasdan aldab kelgan. Sud tergovi davomida firibgar aybiga iqror bo‘lib, pushaymonligini bildirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi 2023 yil 8 sentabrda Kadastr agentligi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi binosida ochiq sud majlisi o‘tkazib shu jinoyat ishini hal qildi. Hukmga asosan sudlanuvchi  jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda bir yil ikki oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

                                                                                                                                                         K. TO‘RAQULOV,

                                                                                                  Qumqo‘rg‘on tuman prokurori yordamchisi

O‘ZBOSHIMCHA YER O‘ZLASHTIRGANGA           OZODLIK CHEKLANDI

Fuqarolarga normativ-huquqiy hujjatlar asosida yer uchastklarini ajratish, ulardan foydalanish, yerlarni hisobga olish, davlat yer kadastri ishlari amalga oshiriladi. Hozir “E-auksion” elektron savdo platformasi xizmati asosida qishloq xo‘jaligi yerlari ajratilmoqda. Qumqo‘rg‘on tumani O‘zbekiston massivi “Islomobod” mahallasida yashovchi  K. V. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) onlayn auksion asosida dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun xo‘jalik xaritasining 985-q-dala konturidan 0,35 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 30 yil muddatga ijara shartnomasi bo‘yicha olgan. Uning otasi S. J. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) 2023 yil iyun oyi boshlarida yer E-auksion savdosidan yutib olinguncha 0,06 gektarini o‘zlashtirib ruxsatsiz 14,4 x 8,80 metr o‘lchamda yashash uyi qurish uchun beton poydevor va 14,0 x 4,0 metr o‘lchamda oshxona qurgan. Tuman kadastr bo‘limi xodimlari 2023 yil 21 uyulda bu qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, noqonuniy ekanligini aytib, buzish zarurligini tushuntirgan. O‘sha vaqtda fuqaro qurilishni amalga oshirish  huquqini beruvchi hujjat taqdim etmagan. Vaqt o‘tsada qonunbuzilish holatini bartaraf etmagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘g‘on tuman sudi Kadastr agentligi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi binosida 2023 yil 20 sentabr kuni shu jinoyat ishi bo‘yicha sayyor sud majlisi o‘tkazdi. Sudlanuvchi ota S. J. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) aybdorligi uchun sutkaning kech soat 22.00 dan ertalab 6.00 ga qadar vaqt oralig‘ida “Islomobod” mahallasidagi yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

                                                                                                                                                                  M. KENJAYEV,

                                                                                                       Qumqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisi