Aholi salomatligini mustahkamlashda, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda birinchi tibbiy ko‘mak berishda hamshiralarning alohida o‘rni bor.
Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib o‘tgan “Hamshira – 2023” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida o‘rta tibbiyot xodimlarining malakasi, ijtimoiy faolligi, tibbiyot sohasidagi ko‘nikmasi sinovdan o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan 8 nafar hamshiralar 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Hakamlar hay’ati tomonidan har bir hamshiraning tibbiyot muassasalaridagi faoliyatiga, o‘z kasbiga sadoqatiga, yetarli bilim va ko‘nikmaga ega ekanligiga, bemorlarga shirinso‘zligiga alohida ahamiyat berildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, kardiologiya bo‘limi navbatchi hamshirasi Diyora Sharipova birinchi, KTMP patronaj hamshirasi Sitora Xushboqova ikkinchi hamda KTMP patronaj hamshirasi Iroda Tillayeva, Bolalar bo‘limi navbatchi hamshirasi Malika To`xtayevalar uchinchi o‘ringa munosib topildi.
Shuningdek, tumanimizda faoliyat yuritayotgan bir qator fidoyi tibbiyot xodimlari “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovining turli nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlandi.
Dilshoda Shaimqulova,
tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi