O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi tomonidan 2023 yil uchunchi chorakda qilingan ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan referendumda umumxalqovoz berishi asosida qabul qilingan bo‘lib, 8-bob 40-moddasida “Har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslariga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Аrizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart” deb yozilgan.

Bugingi kunda davlatimiz tomonidan fuqarolarning Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarini ta`minlash, ularning har qanday muammo va takliflarini bajarilishini ya`ni ularning vakolatli davlat organlariga bevosita murojaat qilishini hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni ta`minlash maqsadida Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur tizim o‘zini to‘la oqlagan bo‘lib, xalq bilan ochiq, oshkora muloqotlar o‘tkazilgan holda odamlarning ko‘p yillik muammolar, talab va ehtiyojlari o‘rganilib, ularning aksariyati joyida hal etilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasiga 2023 yil 9 oyi mobaynida 2177 ta murojaatlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 1749 tasi yoki 96,31foizi qanoatlantirilgan. Qayd etilgan murojaatlarda eng ko‘p ish bilan ta`minlash, maishiy gaz ballonlari bilan ta`minlash, ichki yo`llarni ta`mirlash va qurish, chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, elektr tarmoqlari uskunalari (simyog‘och ustun, transformator punkti) ta`mirlash va o‘rnatish, firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha, aliment undirish hamda ichimlik suvi ta`minotidagi muammolar kabi dolzarb masalalar ko‘tarilgan.

2023 yil 9 oyi mobaynida Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi tomonidan 95 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning barchasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijobiy hal etilgan.

  Sektor ishchi guruhlari a`zolari tomonidan olib borilayotgan ishlar Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi tomonidan  doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qonun talablariga asosan ko‘rib chiqilmoqda. Ijrosi yuzasidan tumandagi sektorlar va davlat tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash holatlari o‘rganilib, 18 marotaba tegishli tashkilotlarga taqdimnoma, 10 marotaba Xalq deputatlari tuman kengashlariga Muhtaram Prezidentimizning farmon va qarori ijrosi bo‘yicha axborot, 19 marotaba taklif, 36 marotaba ko‘rsatmalar kiritildi.

Xalq qabulxonasi tomonidan kiritilgan taklif va taqdimnomalarga asosan 21 nafar xodimlarga turli ko‘rinishdagi intizomiy jazo choralari ko‘rilgan. Shulardan 10 nafar xodimlar ogohlantirilgan, 6 nafar xodimlarga “Hayfsan” intizomiy jazo berilgan, 3 nafar xodim ish haqidan jarimaga, 2 nafar xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Murojaatlar belgilangan vaqtlarda ko‘rib chiqmaganligi bo‘yicha tuman kadastr agentligining Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limiga taqdimnoma kiritilgan va ushbu taqdimnomaga asosan tuman kadastr agentligining mas`ul xodimi Berdiev Farxod  bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

                                                                    R. TO‘XTAYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining yetti yo‘nalishi

 Unga ko‘ra olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishdan iborat.

 1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

2.      Mamlakatda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

3. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur`atlarini ta`minlash;

4.      Аdolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

5.      Ma`naviy taraqqiyotni ta`minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

6.      Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondoshish;

7. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmat va faol tashqi siyosat olib borish.

                                                                    E. MAMATQULOV,

Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi

  O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning VII sessiyasida tasdiqlangan

 Bayrog‘imiz haqida umumiy ma`lumotga ega bo‘lamiz. Bayroqdagi moviy rang-tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi-hayot ramzidir. Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi.

Bayroqdagi oq rang-muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg‘uborlik, soflik orzu va xayollar tozaligi ichki go‘zallikka intilishning timsolidir.

Yashil rang-tabiatning yangilanish ramzi. Qizil chiziqlar vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.

Bayroqning yuqori qismida yarim oy va 12 yulduz tasviri tushirilgan. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an`analarimiz bilan bog‘liq. Davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqador. Bayroqning uzunligi 250 sm, kengligi 125 sm. ga teng.

Bu yil 2023 yil 18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganligiga 32 yil to‘ladi.Ta`lim muassalarida har yili yangi o‘quv yili boshlanishi, harbiy qismlar, davlat tashkilotlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik binolarida, bundan tashqari sportchilarimizning jahon arena maydonalarida va Respublikamizda o‘tqazilayotgan sport musobaqalarida yuqori o‘rin va medallar olib sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilib davlat madhiyamiz yangrashi bu respublikamizda yashayotgan har bir fuqarosiga o‘zligini anglashi bilan birga g‘urur va iftixor bag‘ishlab kelmoqda.

                    I.  UMAROV,

Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi mutaxassisi