Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining oltmish yettinchi sessiyasi o‘tkazildi

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning kelib chiqishi sabablarini o‘rganish hamda 2023 – 2024 o‘quv yili 11 sinf bitiruvchilarining Oliy ta’lim muassasalariga  qabul darajasi to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari N. Allanazarovning hamda Qumqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limining 2023 – yilning III  choragi davomida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash  amaliyoti holati yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Sultanov Rashidning ma’ruzasi tinglandi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari ishtirokida kun tartibidagi  tegishli masalalar ko‘rib chiqilib  qarorlar qabul qilindi.