SPORT – G‘OLIBLIK SARI BIR QADAM!

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etib, unda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. Shunga monand yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilarni sportga qiziqtirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida harbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning yugurish, turnikda tortilish kabi turlari bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Qizg‘in va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar harbiy qism qo‘mondonligining yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

                                            Sardor Xolmamatov,                                                  harbiy xizmatchi