Til – inson qalbining ko‘zgusidir.

Unda nafaqat inson qalbi, balki o‘sha xalqning o‘tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi. Chunki, har bir so‘z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi.

Mana o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz to‘rt yil to‘ldi. Bu qisqa vaqt ichida tilimizda juda katta o‘zgarishlar, yuksalishlar ro‘y berdi. “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” ,- shiori ostida tumanimizda bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga tuman Kengashi deputati R. Mengziyayeva, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari Sh. Mammadiyev, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi B. Abdumo‘minov hamda faol o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida 11-Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.  Ona tilini madh etuvchi she’rlar aytildi. Tadbirda faol ishtirok etganlar tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

                                          Rayhom Mengziyayeva