XALQ BILAN MULOQOT

Tumandagi “Bog‘aro” mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy to‘lovi bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi. Tuman hokimi A. Normamatov namunali turar joylarda yashayotgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolar davolanish, paynet xizmati, bank to‘lovini amalga oshirishdagi qo‘shimcha qiyinchiliklar, nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha murojaatlarini aytishdi. Sayyor qabul jarayonida tumandagi tashkilotklar, muassasalar rahbarlari, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga biriktirilgan muassasalarning rahbarlari qatnashdi. Aholi vakillarining muammolarini hal qilish choralari ko‘rildi.

         N. MUHAMMADIYEV