Kuz-qish mavsumida tayyorgarlik holati senator ishtirokida o‘rganildi

Muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari bilan ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarning issiqlik ta’minoti ausorsing  tizimiga o‘tkazildi. Oliy Majlis Senatining Fan,ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a`zosi B. Bo‘tayeva Qumqo‘rg‘on tumanidagi tibbiyot birlashmasi, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi. Tuman tibbiyot birlashmasiga 750 million so‘mlik «Qumqo‘rg‘on stat greynin» MCHJ tomonidan aqlli pechlar o‘rnatilgan. Bu kabi aqlli pechlarning o‘rnatilishi yoqilg‘i – energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishda katta ahamiyat kasb etadi.