DAVLAT XIZMATLARINI JOYLARGA CHIQQANHOLDA KO‘RSATISHNING MA’MURIY RЕGLAMЕNTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini jadallashtirish, «Har bir fuqaro – e’tibor markazida» tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida davlat xizmatini ko‘rsatuvchi xodimni fuqaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga  muvofiq tasdiqlansin:

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining Aloqa markazi yoki uning rasmiy veb-sayti (keyingi o‘rinlarda – «Call-markaz» yoki rasmiy veb-sayt) orqali murojaat qilish;

davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish bo‘yicha so‘rovnomalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;

davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) ko‘rsatish.

3. Belgilansinki maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish «Call-markaz» yoki rasmiy veb-saytdan foydalangan holda 2023 yil 1 oktabrdan boshlab amalga oshiriladi.

                                                                        B. Elamanova,

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi                                                                                               katta mutaxassisi