ICHKI YO‘LLAR SOZLANDI

Tumanimiz mahallalaridagi ichki yo‘llarni ta`mirlashga e`tibor qaratilayotganligi bois ko‘chalar ravon bo‘lmoqda.  “Tayfang” mahallasi aholisi ham bunday g‘amxo‘rlikdan bahramand etildi. Tuman hokimligi boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi, favqulodda vaziyatlar bo‘limi, obodonlashtirish bo‘limi,  Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan birgalikda 2023 yil 15-16-17-18 may kunlari “Tayfang” mahallasida ichki yo‘llariga  tosh to‘kilish ishlarini amalga oshirdi. Avtotransportlarda tashib keltirilgan toshlar maxsus texnikalar va  avtogreyder  yordamida tekislandi. Qishda loy, yozda chang bo‘lgan yo‘llar tekis va soz holga keltirildi.

                                                     R. TO‘XTAYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri